Rasman: Antuan Grizmann “Atletiko”ni tark etadi
15 may 2019 07:11
Yangiliklar


Rasman: Antuan Grizmann “Atletiko”ni tark etadi
28 yoshli futbolchi mavsum yakunida “Atletiko Madrid” bilan xayrlashadi. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar berildi.
Avvalroq futbolchining “Barselona”ga o'tishi haqida xabar berilgandi. Unga ko'ra, 1-iyuldan etiboran “Atletiko” Antuan Grizmanning tovon pulini 200 million evrodan 120 million evroga tushiradi. “Barselona” esa mazkur mablag'ni to'lashga rozi.
Grizmann 2014 yil yozida “Atletiko” safiga “Real Sosedad”dan 30 million evro evaziga kelib qo'shilgandi.
Futbolchi madridliklar safida umumiy hisobda 256 ta o'yin o'tkazib, 133 ta gol urdi. Antuan jamoa bilan birgalikda Evropa Ligasi va UEFA Superkubogi sovrinlarini qo'lga kiritdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar