So’nggi yangiliklar

21:31Лука Модрич: "Мен 13 йилни дунёнинг энг буюк клубида ўтказдим, энди эса ўтмишда ҳозирги "Реал" даражадаси бўлган клубга келдим"  3 20:48"Ал Насср" Роналду орқали МЮ собиқ футболчисини ўз сафига қўшиб олиши мумкин  0 19:59Миш-мишларга чек қўйилди: Лунин Мадридда қолади  0 19:33"Манчестер Юнайтед" бош мураббийи: "Менга кўп футболчилар керак эмас"  2 19:05ТОП-5 қачон бошланади? Жамоалар янги мавсумга қандай тайёрланмоқда?  5 18:40Легионер посбон, Фарғонада ютган мураббий, дублга эришган футболчи ва собиқ клубига гол урган ҳужумчи — Суперлигада 16-турнинг энг яхшилари   2 18:28"Барселона" "Тэгу"ни йирик ҳисобда мағлуб этди — битта гол Рэшфорд ҳисобида  1 18:10Плетнёв, Таҳсин, Токотаев, Санчес... Суперлига 16-тур рамзий терма жамоаси   5 17:50Машинани эмас, ҳайдовчини алмаштириш керак  8 17:36Манба: Аббос Файзуллаев Конференциялар Лигаси учрашувини ўтказиб юборади  3 17:24Фарғона давлат университети стадиони Про лига баҳсига мезбонлик қилади  8 17:02Парти фаолиятини Ла Лигада давом эттиради  2 16:34Деле Алли фаолиятини якунлагани йўқ  2 16:05Магуайр "Манчестер Юнайтед" сардорлар кенгашида  0 15:42Ирландия клуби футболчи билан тузган шартномасини 4 кун ўтиб бекор қилди  1

Rasman: Aleksandr Xomyakov - "Andijon" bosh murabbiyi! Yangiliklar

Rasman: Aleksandr Xomyakov - "Andijon" bosh murabbiyi!

Superligaga qaytgan “Andijon” futbol klubida yangi mavsum uchun tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan. SHu maqsadda jamoa azolari bugun klub qarorgohida to'planib, bo'lajak chempionat uchun dastlabki mashg'ulot bosqichini boshladilar.

"Jamoada etiborga molik o'zgarishlar yuz berdi. “Andijon” klubi bosh direktori Ulug'bek Mirzaev bugun yangi mavsumga tayyorgarlik boshlanishi oldidan jamoa azolari  hamda klub ishchi-xodimlari bilan yig'ilish o'tkazdi va unda tashkiliy masalalar ham ko'rib chiqildi. 

Ulug'bek Abdusattorovich yig'ilishda “Andijon” jamoasining pro liga g'olibi sifatida Superligaga qaytishida o'zining munosib hissasini qo'shgan futbolchilar va murabbiylarga o'z minnatdorchiligini bildirdi. 

SHuningdek, klub bosh direktori jamoada katta hajmdagi ishni bajargan va Superligaga qaytishi yo'lida samarali faoliyat yuritgan hamda qo'llab-quvvatlab turgan “Andijon”ning sobiq tasischisi Juratbek Quvvatovga ham olib borgan mehnati uchun o'zining minnatdorchiligini izhor etdi. 

SHuni ham takidlab o'tmoqchimizki, jamoamizda bir yarim mavsum davomida bosh murabbiy sifatida faoliyat olib borgan rossiyalik Viktor Kumikovning klub bilan tuzilgan shartnomasi nihoyasiga etgani sababli u “Andijon” bilan xayrlashdi. O'z navbatida Viktor Balyutovichga jamoamizning Superligaga qaytishiga munosib hissasini qo'shgani va klubda muvaffaqiyatli faoliyati uchun minnatdorchilik bildiramiz va uning keyingi ishlariga omad tilaymiz. 

Ulug'bek Mirzaev boshchiligida tashkil etilgan yig'ilishda “Andijon” jamoamizga yangi bosh murabbiy sifatida Aleksandr Xomyakov rasman tanishtirildi. 

53 yoshli rossiyalik Aleksandr Andreevichni muxlislarimiz juda yaxshi biladilar. Boisi, 2019 va 2020 yilgi mavsumlarda ham “Andijon” klubi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan. Oxirgi ish joyi esa Muborakning “Mashal” klubi hisoblanadi", - deb yoziladi klub matbuot xizmati bayonotida.

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика