Rasman: "Al Ayn" futbolchisi Rossiyaga yo'l oldi

Alisher
13 iyul 2019, 17:01
Hujumchi Markus Berg "Krasnodar" bilan shartnoma imzoladi.

Shvetsiyalik futbolchi klub bilan 1 yilga mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi. U yaqin kunlar ichida Rossiya klubi mashg'ulotlariga borib qo'shiladi.

32 yoshli futbolchining so'nggi klubi BAAning "Al Ayn" klubi bo'lgan edi.

Berg yakunlangan mavsum BAAda 20ta o'yin o'tkazib, 10ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. U "Al Ayn"da umumiy 60ta o'yinda maydonga tushib, 46ta gol urishga erishgan.

Markus bungacha Gretsiyaning "Panatinaikos" klubi (151ta o'yin, 95ta gol)da harakat qilgan.

Futbolchi shuningdek Shvetsiya terma jamoasida 71ta o'yinda 19ta golga mualliflik qilgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FCKrasnodar