Rasman: A Seriyaning ilk klubi mashg'ulotlarga qaytishini e'lon qildi

Eldor Akmurzayev
2 may 2020, 21:35
“Sassuolo” matbuot ximzati xabariga ko'ra, jamoa futbolchilari uy stadioni bo'lgan “Mapei”da ijtoimiy masofani saqlagan holda mashqlarga qaytishadi.

Yopiq inshootlar: kiyinish xonalari, sport zallari va ofislarga kirish taqiqlanadi. Mashg'ulotlar dushanbadan jumagacha, uchta maydonda, soatiga 6 o'yinchiga (maydonning har yarmida bir nafardan) bo'lingan holda o'tkaziladi.

Worldometers manbasi bo'yicha, Italiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 209.238 nafarni tashkil etmoqda. Ulardan 79.914 kishi sog'aygan, 28.710 bemor esa olamdan ko'z yumgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/SassuoloUS