So’nggi yangiliklar

21:50Ансу Фати: "Барселона"дан доимо миннатдорман"  0 21:25Расман: Мирко Йеличич "Олимпик"дан кетди  1 21:15МЮ собиқ мураббийи Санчо ҳақида: "У машғулотларда энг зўрларидан бири эди, лекин..."  1 20:44"Зенит"га ўтган футболчи "Ал Насср"да 30 млн евро маош олиши мумкин эди  0 20:05"Флуминенсе" сардори Тиаго Силванинг нутқи тармоқларни "портлатмоқда"  3 19:50Суперлига. "Шўртан" – "Қизилқум" 1:2 (матнли трансляция)  6 19:47Ўзбекистон Кубоги чорак финалига қуръа ташланди  16 19:20Клопп: "Диогу нафақат фантастик футболчи, балки ажойиб дўст, меҳрибон эр ва ота эди!"  1 18:45"Реал" футболчиси жамоани тарк этиши учун пул таклиф қилди  12 18:16"Барселона" 3 нафар футболчисини трансферга қўяди: Каталония клубини ким тарк этади?  6 17:53Мюллер футболдаги трансфер нархларини танқид қилди  3 17:40Ҳужжатларни сохталаштириш билан боғлиқ ҳолат сабаб "Нефтчи" ходимларининг иши ЎФА қўмитасида кўриб чиқилади  15 17:18Расман: Саудия Арабистони чемпионати афсонаси "Ал Ҳилол"да ўйнайди  2 16:50"Нефтчи" ишончли ғалабага эришиб, 3-поғонага жойлашган беллашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 16:35Лейла Ораниязова: "Лаосга қарши бироз қийналдик"  0

Rashid G'ofurov: "Maqsadimiz - "Navbahor"ning asosiy jamoasiga futbolchilar etishtirib berish" Yangiliklar

Rashid G'ofurov: "Maqsadimiz - "Navbahor"ning asosiy jamoasiga futbolchilar etishtirib berish"

"Lokomotiv" hamda "Navbahor-farm" o'rtasidagi Pro liga uchrashuvidan (1:0) so'ng mehmon jamoa ustozi Rashid G'ofurov matbuot anjumanida ishtirok etdi.


- Ilk daqiqada o'tkazib yuborilgan golni hisobga olmasak, "Navbahor-farm" qolgan vaqt davomida jangovar o'yin namoyish etdi.

- O'yindan oldingi ko'rsatmada yigitlarga "maydon egasi dastlabki 15 daqiqada bor kuchini ko'rsatishga harakat qiladi, shunga chidab bersak, uyog'iga o'yin tenglashadi" degandim. Afsuski, tezkor gol bahs taqdirini hal qildi. Biroq yigitlar tez o'ziga kelishdi. Futbolchilarimga etiroz yo'q. 1-o'rindagi va 7-o'rindagi jamoalar o'rtasidagi bahsda o'yin sifatida katta farq bilinmadi. Doim shunaqa, chiroyli o'yin ko'rsatamiz, biroq natijani raqib ilib ketadi. Ikkinchi davrada hammasi o'nglanadi deb o'ylayman.

- "Lokomotiv" ikkinchi bo'limda himoyaviy o'yin namoyish etishini kutganmidingiz?

- "Lokomotiv" hech qachon o'z uyida himoyada o'ynamaydi, biz bunga majbur qildik. G'alaba qozonmagan bo'lsakda, yigitlardan juda mamnunman. "Temiryo'lchilar"ga etirozim yo'q, ular nena jadvalda 1-o'rinda ekanligini isbotlashdi.

- "Navbahor-farm"ning vazifa va maqsadlari nimalardan iborat?

- Maqsadimiz - "Navbahor"ning asosiy jamoasiga futbolchilar etishtirib berish. CHunki tarkibimiz mahalliy futbolchilardan tashkil topgan. Bunday jamoalar kam emas, yo'q bo'lsa kerak.

- Jamoa har o'yinda oxirigacha kurash olib boradimi?

- Albatta. Yigitlarda bosim yo'q, ular o'z kuchini ko'rsatish uchun harakat qilishadi. Zo'rg'a yutib, kelasi bahsda nima qilarkanmiz deyishdan ko'ra, chiroyli o'yin ko'rsatib, mag'lub bo'lgan yaxshi.

- Ayni damda siz uchun natija muhimii yoki chiroyli o'yin?

- Aslida natija muhim. Ammo pala-partish o'yin bilan natijaga erishib bo'lmaydi. Bitta bahsda yutarsiz yoki ikkita. Biroq keyinchi? Hozir chiroyli o'yinga erishib, ikkinchi davrada natijalarni ijobiy tomonga o'zgartirmoqchimiz. Yigitlardan umidim katta. Ular o'zini ko'rsata olishyapti. Birkunmas-bir kun bu o'yin o'z mevasini beradi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика