So’nggi yangiliklar

19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  0 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  3 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  6 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6 16:24"Милан" Тео ўрнини "Реал" футболчиси билан тўлдирмоқчи  1 15:55"Футболни Саудия Арабистонига бой бердик". Блаттер ФИФАни танқид қилди  8 15:27Расман: "Барселона" швециялик вингер трансферини эълон қилди  1 15:00"Валенсия" ҳимоячиси "Арсенал"да — Here We Go!  1 14:34Швейцария юлдузи ҳам Саудия Арабистонига йўл олмоқда – музокаралар ижобий якунланди  0 14:05"Челси" Клублар ўртасидаги ЖЧда қанча ишлаб олди?  12 13:38Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномасини эълон қилди  9

Rashid G'ofurov: "Hech bo'lmasa, durang natija qayd etilishiga umid qilgandim" Yangiliklar

Rashid G'ofurov: "Hech bo'lmasa, durang natija qayd etilishiga umid qilgandim"

Pro liganing so'nggi, 22-turidan o'rin olgan "Navbahor-farm" – "Lokomotiv" (1:3) uchrashuvidan so'ng namanganliklar murabbiyi Rashid G'ofurov matbuot anjumanida qatnashib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi.

– Avvalo bugungi bellashuv borasida to'xtalsangiz...

- Bugun joriy mavsumdagi eng yomon o'yinlarimizdan birini o'tkazdik. Ammo bugungi raqibimiz "Lokomotiv"ning ham bu yilgi Pro liga chempioni ekanligini unutmaslik lozim. Biz mazkur bahsda yoshlarga ham imkoniyat berdik. Birinchi bo'limda mehmonlar ko'proq ustunlik qilishgan bo'lsa-da, shogirdlarim ham o'z imkoniyatlaridan to'liq foydalanishganida, hisob bunday ko'rinish olmagan bo'lardi. Har ikki jamoa ham o'z oldiga qo'ygan maqsadiga erishganligi bois o'yin unchalik ham shiddatli tarzda kechmadi. Ushbu bellashuvda futbolchilar o'zlarining nimalarga qodirliklarini namoyish etishdi.

- Takidlaganingizdek, "Navbahor-farm" ham, "Lokomotiv" ham o'z oldiga qo'yilgan missiyani bajarib bo'lgandi. Ushbu omil ham shogirdlaringizning o'yiniga o'z tasirini o'tkazdimi?

- Albatta, o'tkazdi. Yigitlarga bu yilgi mavsumni yaxshi kayfiyatda yakunlaylik, deb ming uqtirganingiz bilan baribir ushbu holat ham tasir o'tkazadi. Bugungi bahsda yutqazamiz, deb o'ylamagandim, g'alaba qozonish yoki hech bo'lmasa, durang natija qayd etilishiga umid qilgandim. Mazkur mag'lubiyat jamoamizning joriy mavsumni 9-o'rinda yakunlashiga sabab bo'ldi. Durangga erishganimizda, 8-o'rinni egallagan bo'lardik. Afsuski, buning uddasidan chiqa olmadik. 

- Hali noyabr oyi kelmay turib, Pro ligada joriy mavsum ham yakunlandi. SHogirdlaringizning yangi mavsumga tayyorgarlik mashg'ulotlari boshlanguniga qadar sport formalarini saqlab turishlari qanday kechadi?

- To'g'ri, Pro liganing joriy mavsumi biroz erta yakunlandi. Yigitlar 10-15 kun hordiq chiqarishganidan so'ng mazkur dastur asosida individual mashqlarni boshlashadi. Keyin klub rahbariyati bilan kelishgan holda 2024 yilgi mavsumga tayyorgarlikni boshlaymiz.

- Pro liganing bu yilgi mavsumi qanday o'tganligi borasida ham to'xtalsangiz...

- Superliga va Pro liga orasida farq bo'lganidek, Pro liga hamda Birinchi liga o'rtasida ham farq bor. Biz Birinchi ligadagi ilk mavsumimizni ham shunday o'tkazgandik. Ikkinchi mavsumda esa 3-o'rinni egallaganmiz va Pro liga yo'llanmasini qo'lga kiritishimizga oz qolgandi. Uchinchi mavsumimiz, yani o'tgan mavsumda Birinchi liga g'olibi sifatida Pro ligaga yo'l olgandik. Buni adaptaciya deyiladi.

Xudo xohlasa, yanagi yil ham menga ishonch bildirishsa, kelasi mavsumni bu yilgidan ancha yaxshi o'tkazamiz, degan umiddaman.

- Pro liganing joriy mavsumida siz uchun eng qiyin kechgan va shirin xotiralar bilan eslanadigan bahslar sifatida qaysi o'yinlarni etirof etasiz?

- Garchi kuchli jamoa bo'lmasa-da, Nukusning "Aral" jamoasiga qarshi o'z maydonimiz (1-tur, 0:0) va safarda (12-tur, 3:0) kechgan bahslar biz uchun qiyin kechgandi. Nukusliklar raqibga o'yin bermaslikka harakat qilishadi. "Aral" joriy mavsumda "Navbahor-farm" uchun noqulay raqibga aylandi.

Eng yorqin bahslar sifatida esa safarda "Qo'qon-1912" (4-tur, 2:2) hamda Pro ligada qolishimizni taminlagan safardagi "Andijon-SGS" (21-tur, 1:2) jamoalari bilan bo'lgan o'yinlarni keltirishimiz mumkin. Joriy mavsumda chiroyli o'yinlarimiz ko'p bo'ldi, ammo bunday bahslar bilan natijaga erishib bo'lmas ekan.

- "Navbahor-farm" Pro ligadagi ilk mavsumidayoq o'z muxlislariga ega bo'lib ulgurdi. Hattoki safardagi ayrim bahslarda ham namanganlik ishqibozlar jamoani qo'llab-quvvatlashdi. So'nggi so'z o'rnida muxlislarga qanday tilaklaringiz bor?

- Fursatdan foydalanib, bu yilgi mavsumda jamoamizni qo'llab-quvvatlab, g'alabalar sari ruhlantirib turgan ishqibozlarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Hattoki bugungi bellashuvda ham jamoamiz 0:3 hisobida ortda borayotganligiga qaramay, ular jamoamizni qo'llab-quvvatlashda davom etishdi. Bunday muxlislikni esa hech qaerda ko'rmaganman. SHu bois, tanaffusda yigitlarga shuni ham uqtirdim. Bu ham ularga ijobiy tasir ko'rsatib, 2-taymda shogirdlarim yaxshi o'yin namoyish etib, bitta gol urishga muvaffaq bo'lishdi. Xudo xohlasa, kelasi mavsumda muxlislarning ishonchlarini oqlashga intilamiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика