Rashid G'ofurov: "Bir yarim taym ustunlik qilib mag'lub bo'lish juda alamli"
12 mar 2016 19:27
Yangiliklar


Rashid G'ofurov: "Bir yarim taym ustunlik qilib mag'lub bo'lish juda alamli"
"Achinarlisi yaxshi o'ynab yutqazib qo'ydik. O'yin bo'yicha raqibga yutqazib hisobda ham imkoniyatni boy bersak alam qilmasdi, biroq bir yarim taym ustunlik qilib mag'lub bo'lish juda alamli bo'ladi. Yo'q joydan gol o'tkazib yubordik. Darvozabonimizning qo'pol xatosi tufayli to'p o'tkazdik. Menimcha o'yin yomon bo'lmadi, ikkala jamoa muxlislariga yoqadigan bahs bo'ldi. Derbi doim shunday shiddatkor o'tadi. Ko'pincha bundan o'yinlarda bitta to'p farqi kuzatiladi. "Neftchi"ni g'alaba bilan tabriklayman, boshqa chora yo'q", - deydi Rashid G'ofurov.
"Koreyalik CHoy tibbiy ko'rikdan o'tishini kutayapmiz. Ammo tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tgan taqdirda ham 10 kun ichida bizga yordam beradigan darajaga chiqa olmasa kerak. Faqat unga umid qilib qolmasligimiz kerak".
"O'yindan oldin darvozabonlar murabbiyi Anvar Jabborov bilan gaplashganimda Akmal Ortiqov yaxshiroq formada ekanini aytdi. Balki keyingi o'yinda Korneychuk maydonga tushishi mumkin".
"Navbahor" matbuot xizmati
Foto: Akramjon Mamadaliev
O’xshash yangiliklar

Fikrlar