Rashford yangi bitim bo'yicha yiliga 18 mln. evro ishlab topadi
10 apr 2019 14:34
Yangiliklar


Rashford yangi bitim bo'yicha yiliga 18 mln. evro ishlab topadi
"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Rashford klub bilan yangi bitim imzolashga yaqin turibdi.
Malumotlarga ko'ra, 21 yoshli futbolchi "qizil iblislar" rahbariyatidan maoshini oshirishni so'ragan. Yangi bitim shartlariga ko'ra, futbolchining yillik maoshi 18,3 mln. evro (haftasiga 348 ming evro) bo'ladi.
Rashford "Manchester Yunayted" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2016 yilda MYU safida debyut qilgan. Joriy mavsum Markus APLning 27ta uchrashuvida maydonga tushib, 10ta gol urdi va 6ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar