Rashford: "Angliya terma jamoasi kiyinish xonasiga kirganimda, ko'zlarimga ishonmadim"
09 iyu 2016 16:41
Yangiliklar
Rashford: "Angliya terma jamoasi kiyinish xonasiga kirganimda, ko'zlarimga ishonmadim"
"Angliya terma jamoasi kiyinish xonasiga birinchi marta kirib, futbolchilarning orqasidagi yozuvga qaraganimda, ko'zlarimga ishonmadim. Esimda, birinchi kundan so'ng uyga qaytayotganimda akam bilan gaplashdim - bu haqiqatligiga u ham ishonmadi. Bunga ko'nikish kerak.
Terma jamoadagi debyutim? To'g'risini aytsam, bu haqda ko'p o'ylashni istamadim, chunki hayollar senga bosim o'tkazadi. O'z o'yinimga etibor qaratishga urindim va kutilmaganda gol urdim. Ajoyib start.
"Manchester Yunayted"dagi debyutim ham kutilmaganda sodir bo'ldi. O'zimni o'rinbosarlar safida ko'rsatishga harakat qildim va meni asosiy jamoaga chaqirishdi. Bunga tayyor bo'lish kerak. Mavsum davomida terma jamoa va Evro-2016ga borish haqida o'ylaganim yo'q, chunki "Yunayted"ning taqvimi juda zich. Mavsum oxirida turli mish-mishlar ko'payib ketdi va mana shu erdaman" - deydi Rashford.
Fikrlar