So’nggi yangiliklar

01:30Педри ваъдасида туриб, мўйлов қўйди  1 00:30Левандовски: "Мбаппе - "Барселона" учун қўшимча мотивация"  3 00:00Назорат учрашувида "Пахтакор" "Машъал"га мағлуб бўлди  1 23:45"Челси" билан музокара ўтказган Кьеза "Тоттенхэм"га ўтиши мумкин  0 23:11"Арсенал" ҳужумчи борасида яна Италия клубига мурожаат қилди  1 22:44Мбаппе Франция клубининг бошқарув акциялари пакетини сотиб олади  0 21:55"Насаф" яна бир трансфер ҳақида эълон қилди  4 21:35"Арсенал" 45 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  2 21:23Клейди Даци - ОКМК футболчиси  5 21:14"Фулхэм" 34 млн. фунт эвазига "Арсенал" футболчисини сотиб олади  1 20:45"Барселона" футболчиси "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  1 20:14Абдураимов "Нефтчи"га ўтди  2 20:00"BMW" Мбаппега машина совға қилди, лекин...  4 19:39ЎФА Остон Ўрунов ўрнига бошқа футболчини жалб этиш бўйича сўров юборди  42 19:36"Кейлор Навас — "Монца" футболчиси!"  4

Raqobatda kim yutib chiqadi: chempionlarmi yoki dengizchilar? Yangiliklar

Raqobatda kim yutib chiqadi: chempionlarmi yoki dengizchilar?

23 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi Osiyo CHempionatida ishtirok etgan yigitlarni oldinda Super Liga o'yinlari kutib turibdi. Biz ularning haqiqiy kuchlariga mana shu mavsum davomida baho berishimiz mumkin bo'ladi.

Savolni oddiy qo'ymoqchiman: sizningcha Osiyo CHempionatiga bormagan Otabek SHukurov va Eldor SHomurodov ko'proq narsa yutdimi yoki chempion bo'lgan yigitlar? Tarixda qolish tomonidan olib qaralsa, chempion yigitlarni hali uzoq vaqt davomida eslab yuramiz. Biroq hozirgi holatda qita chempionatidan tushib qolgan futbolchilar bir qadam oldinda degan fikrim bor. Ular o'zi uchun dengizga yo'l ochib ulgurdi, qolganlarni esa ko'ryapsiz.

Igor Sergeev “Paxtakor”ni tark etgach, Zabihillo O'rinboevda imkoniyat ko'proq bo'lishi kerakdek edi. Ammo Osiyo chempioni bo'lgan jamoaga sardorlik qilgan hujumchi yangi mavsumni “Metallurg” safida boshlaydigan bo'ldi. Qolgan futbolchilar ham turli klublarga tarqalib ketdi. Super Ligada bu yil raqobat kuchli bo'lishidan kelib chiqilsa, ular nimadir yutishi mumkindir. Ammo yana bitta xavf borki, chempion futbolchilar yildan-yilga ichki chempionat bilan o'ralashib qolishi ham katta ehtimol. O'sha O'rinboevki xalqaro maydondan chetda qolgan “Paxtakor”ning asosiy figurasiga aylana olmayoyaptimi, demak yigitlar kelajagi haqida jiddiyroq o'ylab ko'rsa bo'ladi.

Matbuot anjumanida Ravshan Haydarovga aynan shu xususdagi savol bilan murojaat qilgandim. CHempionlik o'z yo'liga, menga qolsa, tarkibdagi 3—4 futbolchi yuqorida aytilgan dengizga chiqib olishi, bizga yaxshiroq turtki berishi mumkin edi. Birinchidan, ular pul tomondan katta o'sishga erishardi. Ikkinchidan, vitaminizaciya, uchinchidan esa ularga ustozlik qilishi mumkin bo'lgan tajribali mutaxassislar tomonidan yaxshi turtki olardi. Super Ligada raqobat o'sib borishi haqiqat. Biroq yana bir muhim faktor borki, 23 yoshni qarshi olayotgan futbolchilarga yangi saboq juda zarur. Buni oldingi “Paxtakor” misolida ham tushuntirsa bo'ladi.

Iskanderov, Kozak kabi futbolchilar ko'rgan maydon, Xitoydagi Osiyo CHempionatidan saviyaliroq edi. Biz ularga qanchalik ishongan bo'lmaylik, ular ichki chempionat bolalariga aylanib qolishdi. Yorib chiqishlari ham va bir tekis davom etishlari ham Babayan saviyasidagi murabbiylar soyasida bo'lsa, o'sish haqida orzu qilish qiyin. SHukurov esa Amirliklarning o'rtamiyona jamoasida bo'lsa-da, legionerlik to'nini kiyib bo'ldi. Uning murabbiyi futbolga butkul boshqacha ko'z bilan qaraydi. Atrofida esa rang-barang futbolchilar ko'proq, qarshi to'p suradiganlari ham Abdulrahmon-u, Ahmad Halil kabilar bo'ladi. Kimdir Skolari millionlab pulni olib, natija qilmay ketgandi deb oson gapirib yuborishi mumkin. Ammo men aniq ishonaman, chap oyog'idan boshqasini bilmaydigan Jasur Hasanovlar-u, 35 yoshida ham muvaffaqiyatli o'ynayotgan Jeparovlar baribir ko'p narsa o'rganib qoldi va keyingi faoliyatida buning samarasini ko'rdi. Skolari esa Xitoyda muvaffaqiyatli ishladi, to'g'rimi?

Lo'nda qilib tushuntirganda, Skolari natija qila olmagani uchun biz uni “puf sassiq” deb o'rganib qolganmiz, natija qilgani uchun Ravshan Haydarovni, terma yutib turganida esa Babayanni ko'kka ko'targanmiz. Biroq haqiqiy natija aslida nima? Futbolchilarni yangi pog'onaga olib chiqishmi yoki qandaydir turnirda yutib kelish? Men doim birinchisini ustuvorroq bilaman. CHunki ikkinchi yo'lda Sardor Rashidov orqaga qadam tashladi, ko'rdik o'sha Babayan jamoasida termada hech narsa qila olmadi. Vaholanki, undan umid qilganlar ko'p, Qosimovda o'ynadi, Lyamushida o'ynadi, Yelichichda o'ynamoqchi mana. Nega Babayanda bunday bo'lmadi deb savol berib ko'rganmisiz? Kozak ham, Sergeev ham qayta o'sa olmadi. Men hozir Siddiqov yoki qolgan umidli yigitlarni ham shu taqdir kutayotganiga ishonishni istamasdim. Sara futbolchilarini kuchli ligalarga qo'yib yuborgan Belgiya yoki Gollandiya futboli ko'p narsa yo'qotmagan-ku.

Xulosam shuki, agar chempion bo'lgan yigitlar chindan ham o'sish maqsadida javlon urayotgan bo'lsa, dengizni orzu qilaverishi kerak. Biz maqtab, ko'kka ko'targanimiz bilan biror narsa o'zgarib qolmaydi. CHunki tarixdan bilamizki, ko'kka ko'targanlarimiz o'zimizning daryolarda cho'kib ketishdi. Dengiz istagan Ahmedov-u Jeparovlar esa CHempionlar Ligasida javlon urib yuribdi. Klublarga futbolchilarni qo'yib yuborish kerak degan ultimatum qo'ymoqchi emasman. CHunki doim chetga ketgan futbolchilardan pul ishlashimizni istayman. Rashidov, SHukurov, SHomurodov “Bunyodkor” hisobini ozmi-ko'pmi boyitib ketishdi. Qolganlar ham shunday bo'lishi kerak. Agar futbolchining o'zida maqsad jiddiy bo'lmasa, unga hech kim yordam bera olmaydi. Agar biz Osiyo O'yinlariga yoki Osiyo Kubogiga mohir dengizchilar bilan bora olsak, ishimiz osonlashishi turgan gap. Nima demoqchiman, Siddiqov Jeparovning, G'aniev Ahmedovning o'rnini hech qachon jangsiz ololmaydi. Faqat yoshlar o'ynasin, kattalar kerak emas deb jar solaverishadi, biroq Keyrush ham, boshqasi ham baribir ularni solishtirib ko'rsa, dengizdagisi ko'ziga yaxshiroq ko'rinaveradi. Yani, raqobatni siz-u bizning do'q-po'pisalarimiz emas, futbolchilarning futboldagi yurishlari vujudga keltiraveradi.

Muallif :
Reyting: +61   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика