So’nggi yangiliklar

01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  23 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  78 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  10 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  21 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1

Raqib darvozabonlarining tushiga kirib chiqadigan tug'ma kuchli zarba egasi Leonid Koshelev hozir qaerda? Yangiliklar

Raqib darvozabonlarining tushiga kirib chiqadigan tug'ma kuchli zarba egasi Leonid Koshelev hozir qaerda?

Bir necha kundan so'ng yana sobiq futbolchilarning bugungi faoliyati va qaerdaligi haqida malumotlarni berishda davom etamiz.

 CHap oyog'idagi zarba raqib darvozabonlarini tushlariga kirib chiqardi. Jarima to'plaridan urgan gollari “Paxtakor”ning bir qator muhim g'alabalariga zamin yaratgan. Koshelev 1998 yil "Navbahor"daligidayoq ko'pchilikning etiboriga tushib bo'lgandi. 1999 yil O'zbekiston tarixida ilk bor Superkubok bahsi o'tkaziladi. O'shanda bosh sovrin uchun "Navbahor" va "Paxtakor" jamoalari to'qnash kelishgan. "Lochinlar"ning 4:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan o'yinda gollardan biriga ayna Koshelev mualliflik qilgan. 

"Avvallari hozirgidek bolalar futbol akademiyalari yo'q edi. Faqat to'garaklar bo'lardi. Men ham tug'ilib o'sgan shahrim Yangiyo'lda futbol to'garagiga qatnar edim. Igor Taran va boshqa yana bir necha taniqli o'yinchilar ham o'sha dargohdan katta futbolga yo'l olgan. Keyinchalik hozirgi Olimpiya zaxiralari kollejiga kelganman. “Paxtakor” faoliyatimda eng katta sahifani egallaydi. Futboldagi barcha sovrinlarimga ushbu jamoa safida erishganman. Qolaversa, futbolchi bo'lib tanilishim, milliy terma jamoa tarkibidan o'rin olishimda ham “Paxtakor”ning o'rni alohida. Qisqasi, bu klub men uchun hamisha qadrli bo'lib qolaveradi. Hissiyotlar borasida esa ortiqcha gapga hojat yo'q, chunki buni so'z bilan ifoda etish mushkul",- deydi qahramonimiz. 

OCHL 2002/2003 yilgi mavsumida "sherlar" yarim finalgacha etib boradi. Bunda Koshelev ham o'z hissasini qo'shgan, deya olamiz. U guruh bosqichida "Nisa" klubi darvozasini ishg'ol qilgan. Koshelev “sherlar” safini 2007 yilda bir qator sovrinlar bilan tark etgan. Undan keyin “Dinamo”, “Qizilqum”, “SHo'rtan” va “Navbahor” kabi klublarda o'ynagan. Yuqorida takidlab o'tdik, Koshelev chap oyoqdagi kuchli zarbalari bilan mashhur bo'lgan. 

"Bunday etirofdan juda xursandman. Lekin kuchli zarbaga ega bo'lgan futbolchilar men o'ynagan vaqtda “Paxtakor” jamoasida ham, milliy terma jamoa safida ham ko'p edi. Kuchli zarba yo'llash qobiliyati insonda tug'ma bo'ladi. Ammo, bu bilan zarba kuchini mashg'ulot orqali oshirib bo'lmaydi, deyish ham noto'g'ri. Hech kim onadan kuchli futbolchi bo'lib tug'ilmaydi. Har qanday muvaffaqiyatga mehnat tufayli erishiladi. Siz ham astoydil harakat qilsangiz, murabbiylar ko'rsatmalarini to'g'ri bajarsangiz, albatta o'zingiz istagan zarbaga ega bo'la olasiz",- deydi Leonid Aleksandrovich. 

"Faoliyatimda chiroyli gollar juda ko'p. O'zim uchun eng yodda qolarlisi esa MDH kubogi doirasida MoldaviyaningSHerif” jamoasiga urgan golim. Birinchidan gol o'shanda juda chiroyli ko'rinish olgandi. Qolaversa, kiritilgan to'p alohida ahamiyatga egaligi bilan ham yodda qolgan. Xabaringiz bo'lsa, o'sha o'yin 1:0 hisobida yakun topgan edi",- deydi sobiq to'p tepar. 

Koshelev O'zbekiston terma jamoasida 42ta o'yinda maydonga tushgan va 6ta to'p kiritgan. 1999 yil Mahmud Rahimov boshchiligida Malayziyaga qarshi kechgan o'yinda debyut qilgan. 2007 yil Qozog'istonga qarshi o'rtoqlik o'yini uning uchun terma jamoadagi so'nggisi bo'lgandi. 

Leonid Koshelev hozirgi kunda "CHig'atoy" futbol maktabida murabbiylik faoliyatini olib boryapti.

1-son. Jahon chempionatida qatnashgan, "Paxtakor" bilan sovrinlarni yutgan Ildar Magdeev hozir qaerda?

2-son. Osiyo vice-chempioni, "Nasaf"da porlagan Kenja To'raev hozir qaerda?  

3-son. 22 yoshda O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi bo'lgan Andrey Akopyanc hozir qaerda?

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика