Rangnikning maslahatiga "Manchester Yunayted" emas, "Siti" amal qildi
10 avg 2022 21:27
Yangiliklar
Rangnikning maslahatiga "Manchester Yunayted" emas, "Siti" amal qildi
Germaniyalik mutaxassis qoniqarsiz natijalari sabab klubdan ketdi, biroq u "Old Trafford"ni tark etish oldidan sobiq jamoasiga besh nafar futbolchini sotib olishni tavsiya qildi, bular Erling Xoland, Kristofer Nkunku, Konrad Laymer, Xulian Alvares va Yosko Gvardiol hisoblanardi.
Biroq klubning yangi ustozi Erik ten Xag ushbu maslahatlarga "quloq solmadi" va aytilgan o'yinchilar o'rniga Malasiya, Eriksen va Martines kabi futbolchilarni xarid qildi.
Aksincha, Manchesterning boshqa klubi "Siti" raqib murabbiyining tavsiyasiga "amal qilgan" holda yuqorida sanab o'tilgan besh futbolchining ikkitasi — Erling Xoland va Xulian Alvares bilan shartnoma imzoladi.
Eslatib o'tamiz, "Man Siti" APLning 1-turida aynan Xolandning dubli evaziga g'alaba qozondi, "Yunayted" esa o'z maydonida "Brayton"ga yutqazdi.
Fikrlar