Rangnik: “Tuxel men sabab murabbiy bo'ldi, u barda ishlardi va bu haqda o'ylamagan ham”
14 fev 2021 20:30
Yangiliklar


Rangnik: “Tuxel men sabab murabbiy bo'ldi, u barda ishlardi va bu haqda o'ylamagan ham”
Nemis mutaxassisi Ralf Rangnik “CHelsi” ustozi Tomas Tuxel haqida gapirdi.
“Men sabab Tomas murabbiy bo'ldi. U men boshqargan jamoa “Ulm”da shogirdim bo'lgan va tizzasidagi muammolar tufayli faoliyatini erta yakunlashiga to'g'ri kelgan.
Unga U-15 jamoasi murabbiyligini topshirdim. U SHtutgartdagi barda ishlardi, hatto murabbiy bo'lishni ham tasavvur qilmagan edi”, deydi Rangnik.
Malumot o'rnida, 62 yoshli Rangnik Tuxel kelishidan oldin "CHelsi"ga rad javobini bergandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar