Rangnik: "Nyukasl"ga qarshi mashg'ulotda 25 nafar o'yinchi qatnashdi. Vaziyat yaxshilanmoqda"
24 dek 2021 00:05
Yangiliklar
Rangnik: "Nyukasl"ga qarshi mashg'ulotda 25 nafar o'yinchi qatnashdi. Vaziyat yaxshilanmoqda"
"Qizil iblislar" koronavirusdan qutilish arafasida.
"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Ralf Rangnik "Nyukasl"ga qarshi uchrashuv oldidin o'z fikrlarini bildirdi. Rangnik klubdagi vaziyat yaxshilanayotganini bildirdi.
"Bugun haftadagi uchinchi mashg'ulotni o'tkazdik. Bu safar 25 nafar futbolchi mashg'ulotlarda qatnashdi. Pol Pogbani hisobga olmaganda, boshqa barcha tiklanishga ulgurdi. Vaziyat sezilarli ravishda yaxshilandi. Mashg'ulotlarda ko'rindiki, barcha futbolchilar yaxshi formada. Ular berilgan vazifani bajarishgani malum bo'ldi: uyda grafik bo'yicha mashq qilishdi, bizning tartibni uyda ham saqlashdi. Deyarli hamma "Nyukasl"ga qarshi o'ynashi mumkin. Ammo, men ulardan qaysi birlarini qaydnomaga kiritishim - bu qiyin vazifa", -deydi Ralf Rangnik.
Fikrlar