Rangnik: "Men kelganimdan keyin jamoa 13 o'yinning 11tasida birinchi bo'lib gol urdi"
14 fev 2022 23:30
Yangiliklar
Rangnik: "Men kelganimdan keyin jamoa 13 o'yinning 11tasida birinchi bo'lib gol urdi"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ralf Rangnik jamoaning so'nggi paytlardagi omadsiz natijalari borasida gapirdi.
"So'nggi uchrashuvlarning birinchi bo'limi juda yaxshi o'tyapti. Biz yaxshi o'yin ko'rsatib, gol o'tkazib yubormayapmiz. Endi etiborni saqlab qolib, jismoniy, ruxiy va taktik tomonlama xotirjamlikni saqlab qolish kerak. Juda oson gol o'tkazib yuboryapmiz.
Holat tushunarli. Men kelganimdan keyin MYU 13 o'yinning 11tasida birinchi bo'lib gol urdi, biroq barchasida ham g'alabaga erisha olmadi. So'nggi 3 o'yinni yuta olmaganimiz achinarli albatta.
Futbolchilar g'oyalarni amalga oshirishmoqda. Ammo buni butun bir o'yin davomida qilish kerak. Bu esa biz yaxshilashimiz kerak bo'lgan navbatdagi vazifa bo'lib xizmat qiladi", - dedi Rangnik.
Fikrlar