Raneri: "Mourino "Manchester Yunayted"da yangi Fergyusonga aylanishi mumkin"
18 iyu 2016 14:16
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/215739_original.jpg)
![](/upload/storage/215739_220.jpg)
Raneri: "Mourino "Manchester Yunayted"da yangi Fergyusonga aylanishi mumkin"
"Lester Siti" bosh murabbiyi Klaudio Raneri "CHelsi", "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti"dagi yangi murabbiylar haqida fikr bildirdi.
"Konte va "CHelsi" bir-biri uchun yaratilgan. Yangi jamoa qurishda madaniy farqlar halaqit bermasa bo'lgani. Agar hamma uni tinglasa, biz yangi "CHelsi"ni ko'rishimiz mumkin. Mourino yangi Fergyusonga aylana oladi. U "Manchester Yunayted"da 26 yil ishlamaydi, ammo iz qoldirishi aniq. 7 avgust kuni revansh? Futbol shunisi bilan go'zal. Bizning sport turimiz turli mo'jizalardan iborat. Gvardiolaga to'xtaladigan bo'lsak, u kerakli klubga bosh murabbiy bo'ldi. "Manchester Siti" Manchini qo'l ostida chiroyli futboli bilan mashhur bo'lgan, keyin bu ishni Pellegrini davom ettirdi" - deydi Raneri.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar