Raneri: "Lester" futbolchilari alpinistlar kabi pastga qaramasliklari kerak"

Aslanov Jasurbek
8 fev 2016, 11:28
"Lester" bosh murabbiyi Klaudio Ranerining fikricha, APLda yetakchilik qilayotgan jamoa futbolchilari ortga qaramay muvaffaqiyatli odimni davom ettirishlari kerak.

"Bu futbolchilar hayotlarida ilk bora bunday vaziyatda. Biz alpinistlar kabi pastga qaramasligimiz kerak. Agar siz bu ishni amalga oshirsangiz "YO tavba, qayerdaman" deyishingiz mumkin.

O'tgan mavsumda jamoa jiddiy bosimga duch keldi. Hozir futbolchilar o'sha vaziyatni eslab xotirjam bo'lishlari mumkin. Ayni damda APL yoki Chempionlar ligasida g'olib bo'lishni istaganlar bosim ostida qolgan. Albatta, ular asabiylashishadi, ammo bu bizning ishimiz emas" - deydi italiyalik.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Four-Four-Two