Raneri: "Inter" Modrich transferiga etibor qaratib, boshqa variantlarni unutib qo'ydi"
28 avg 2018 14:46
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/450708_original.jpg)
![](/upload/storage/450708_220.jpg)
Raneri: "Inter" Modrich transferiga etibor qaratib, boshqa variantlarni unutib qo'ydi"
"Yuventus", "Inter", "Roma" va "Lester Siti" sobiq ustozi Klaudio Raneri nerazzurilarning A Seriya startidagi o'yiniga baho berdi.
Luchano Spalletti shogirdlari Italiya chempionatining birinchi turida "Sassuolo"ga 0:1 hisobida mag'lub bo'lishdi, 2-turda esa "Torino" bilan durang qayd etishdi (2:2).
"Hozir "Inter"da o'tgan yilgi muammolar bor. Spalletti to'g'ri yo'lni topishi kerak. "Torino"ga qarshi bahsning birinchi yarmi ajoyib o'tdi, ammo keyin hammasi o'zgardi.
Modrichning transferiga oid serial haqida gapiradigan bo'lsam, u "Inter"ga tasir qildi. Xorvatiyalikka etibor qaratgan klub boshqa variantlar haqida unutib qo'ydi" - deydi Raneri.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar