Ramzan Qodirovning 18 yoshli o'g'li "Axmat" prezidentiga aylandi
23 may 2024 17:53
Yangiliklar
Ramzan Qodirovning 18 yoshli o'g'li "Axmat" prezidentiga aylandi
Grozniyning "Axmat" klubi o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida Axmat Qodirov klub prezidenti etib tayinlanganini elon qildi.
"Axmat" futbol klubining yangi prezidenti etib, CHechen Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri Axmat Qodirov tayinlandi.
Ishonchimiz komilki, Axmat Ramzanovich boshchiligida jamoani yangi g'alabalar, muvaffaqiyat va sovrinlar kutib turibdi. Klub vice-prezidentlaridan biri etib esa CHechen Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri birinchi o'rinbosari Umar Daudov tayinlandi.
Jonajon jamoamiz "Axmat"ni rivojlantirish yo'lida omad va zafarlar tilab qolamiz. Birgalikda g'alabaga erishamiz!" — deyiladi klub xabarida.
18 yoshli Axmat Qodirov CHechen Respublikasi etakchisi Ramzan Qodirovning o'g'li hisoblanadi.
Bugun, 23 may sanasida Magomed Daudov "Axmat" klubi prezidenti lavozimini tark etgani xabar qilingandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar