So’nggi yangiliklar

11:41Мэйсон Маунт АПЛнинг бошқа клубига ўтади?!  0 11:10"Манчестер Сити" АПЛ стартига қадар таркибни қисқартирмоқчи  2 10:35Сергей Лушчан: "Мен фамилияга эътибор бермайман, ўйинчиларнинг ҳаракатини кузатаман"  5 10:13Миржалол Қосимов: "ФИФА кунлари жамоамиз фойдасига ишламади"  1 09:30Саудия Арабистони? Месси келажаги борасида бир қарорга келди  5 09:04Мирко Еличич: “Учрашувда омадимиз келмади, лекин ўйинимиздан қониқдим“  0 08:35Янги мавсум совриндорлари катта миқдордаги пулга эга бўлишади. ЎФФ Ижроия қўмитасининг навбатдан ташқари йиғилиши бўлиб ўтди  3 08:02Суперлига. Бугун 13-тур давом эттирилади  2 07:40Суперлига. "Навбаҳор" ОКМК устидан йирик ҳисобда ғалаба қозонди, иккала жамоанинг биттадан голи ҳисобга олинмади  2 07:3040 ёшли Касорланинг голи “Овьедо“га 24 йиллик танаффусдан сўнг Ла Лига йўлланмасини қўлга киритишда ёрдам берди  8 03:46Сергей Лебедев: "Биз вақтни чўзганимиз йўқ"  1 02:00КЖЧ. "Интер" ва "Урава Ред Даймондс" ўртасидаги ўйин тақдирини 90+2 дақиқада урилган гол ҳал қилди  31 00:03"Арсенал" бир сабабга кўра "Реал"дан Родригони сотиб ололмаслиги мумкин  10 23:11КЖЧ. "Боруссия Дортмунд" ва "Мамелоди Сандаунз" ўртасидаги ўйинда еттита гол урилди  0 22:43Фоден мураббий бўлишни хоҳлайди  1

Ramzan Qodirov Buxoroga keldi. “Buxoro” suxandoni esa uning ishini takrorladi Yangiliklar

Ramzan Qodirov Buxoroga keldi. “Buxoro” suxandoni esa uning ishini takrorladi

Teglar :  Diyor Imomxo'jaev
Mana endi konkretlashamiz, do'stlar.

Samvel Babayanning milliy terma tepasiga kelishi borasida 99 ta salbiy fakt sanab berdik va faqatgina 1 ta jihat bizga maqul kelishi borasida aytdik: odamlar uning aslida kim ekanligini yaxshiroq bilib olishi uchun ham, Babayan termani boshqarishi kerak edi. Mana, hamma bilib ham oldi.

Tabib tabibmas, boshdan o'tgan tabib. “Buxoro” muxlislari yaqindagina hakam Rustam Bobomurodovni chetlatishni ommaviy talab qila boshladi va o'z maqsadiga etdi. Hammasiga birgina vaziyat - penalti berilmagani sabab qilib ko'rsatildi. Endi esa buning kasri 40 kun o'tmasdan qaytib turibdi. Yana o'shanday holat, faqatgina “Buxoro” darvozasi oldida. SHerzod Qosimov hushtak chalib, 11 metrlik nuqtani ko'rsatdi. Savol: penalti bermagani uchun Rustam Bobomurodov, bergani uchun endi SHerzod Qosimov chetlatiladimi?

Inson faktori degan narsa bor. U ilg'ay oladigan va olmaydigan holatlar bo'ladi. Biz doimgidek biror-bir muammoning oqibatlari bilan kurashib turibmiz. SHuning uchun hamma O'FF rahbariyatining og'ziga qarab qolgan. Agar muammoning kelib chiqish sabablari bilan kurashish darajasiga chiqib olishni istaganimizda, TVni rivojlantirgan, videotakrorlarga urg'u bergan, gol aniqlaydigan tizim haqida o'ylab ko'rgan, hech bo'lmaganda darvoza ortidagi hakamlar yordamiga suyangan bo'lardik. G'arbda shunday, bizda esa ol pichoqni, kes...

Nima demoqchiman, pichoqni kimgadir urish oldidan hamma o'ziga urib ko'rishi kerak. Butun umr hamma narsa faqat Toshkent klublariga deb nolib o'tish ham mumkin yoki bo'lmasa klublar kelib chiqishiga qarab ajratilmaydigan jamiyat qurishga harakat qilish ham mumkin. Kim qay bir yo'ldan yurishni o'zi tanlab olaversin. Men doim ikkinchisining payidan bo'lganman, nasib bo'lsa shunday bo'lib qoladi ham.


Xo'sh?

Menimcha, hissiyotlari bilan emas, aqli bilan ish ko'radigan buxorolik do'stlarimiz meni tushunishdi. Tushunmaydiganlarga ishontirib aytamanki, agar klub CHempionlar Ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritsa, faqat va faqat xursand bo'laman. Ko'rmoqdamizki, jamoa yaxshi, pishiq. Biroq futbolda bu kam. Uning atrofidagilar ham professional bo'lishi kerak.

Ha, gap stadion suxandoni haqida bormoqda. Bugun o'sha suxandon oldini olayotganlar, 40 kundan keyin boshqa bir suxandon “Buxoro” futbolchilarini laqablari bilan tanishtirishiga tayyor turishlari kerak. CHunki ular ahmoqlik bog'iga suv quyish bilan bandlar. To'g'ri, Sergeev o'ynay olmadi termada. Ammo chaqirishsa, tushirishsa, unda ayb yo'q. Jabrini futbolchi emas, murabbiy tortaversin. Aytganimdek, shunday jamiyat quraylikki, siz-u bizga tupuradigan va umuman hamma narsaga ko'ndalang qo'yadiganlar kela olmasin terma tepasiga, tushunyapsizmi?

Suxandonning bu ishi menga Ramzan Qodirovni eslatdi. 2013 yilning mart oyida CHecheniston rahbari “Terek” sardorining maydondan chetlatilganiga chiday olmay, mikrofon orqali “sudya prodajnaya, kozyol ty”, deb baqirgandi. Qodirov Buxoroga kelib ketishi bilan, “Buxoro” stadioni suxandoni Igor Sergeevni Igor Babayan deb o'qib o'tiribdi.


Ha, bu shunchaki tasodif, albatta. Lekin unutmaylikki, moziyga qarab ish ko'rmak, xayrlidur. Ramzan Qodirov ko'p o'tmay kechirim ham so'ragandi.


Hammamiz futbol muxlislarimiz. Dardimiz, quvonchimiz bir insonlarmiz. Bunda alam, iztirob, nohaqliklar bo'lib turadi, albatta. Biroq unutmang, ularning har biriga stadionga narsa uloqtirib yoki kimnidir so'kib chora topa olmaymiz. Biz shaffof va qonun ustuvorligi taminlangan jamiyatdagina o'zimizni xavfsiz his qilamiz. Agar biz ko'pchilik bo'lib hakamga tashlansak, bizga yoqish uchun ham “davay”, deyishlari mumkin. Ammo unutmang, bundaylar vaqti kelib sizning zararingizga ham “davay” demasligiga hech kim kafolat bermaydi.

Qodirovning ham, suxandonning ham asosiy aybi shu - hissiyotlariga qarab ish ko'rish. Og'ir, vazmin, aql bilan ish ko'radiganlar bunday qilmaydi, deb ishonaman. Xulosam shuki, biz Sergeevlar, hakamlar bilan kurashib, muammolarning kelib chiqish sabablarini etibordan chetda qoldirmoqdamiz.

Muallif :
Reyting: +57   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика