So’nggi yangiliklar

21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  0 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  9 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:38"Ливерпуль" Исакни қўлга киритиш йўлидаги ҳаракатини тўхтатмаяпти  9 19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0 18:42"Милан" таркибни швейцариялик ҳужумни билан тўлдирмоқчи   0 18:15Каррерас: "Реал"ни бола сифатида тарк этиб, эркак бўлиб қайтдим"  5 17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  20 17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   14 17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  2 16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  9 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  4 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  2

Ramush - JCHdagi dastlabki xet-trik muallifi Yangiliklar

Ramush - JCHdagi dastlabki xet-trik muallifi

Qatar-2022 ilk xet-trigi muallifi, pley-offda uchta gol urgan Peledan keyingi ikkinchi eng yosh futbolchi.


"Portugaliya terma jamoasi asosiy tarkibidagi birinchi rasmiy o'yinida xet-trik qayd etgan Gonsalu Ramush bilan sal yaqinroq tanishamiz. 

U 2001 yilda Portugaliyaning Olyan shahrida tug'ilgan. Ampluasi – hujumchi. Orqaroqqa qaytib ham o'ynay oladi. Bo'yi – 185 sm. Professional faoliyatini "Benfika"da boshlab, hozirgacha shu klubda o'ynamoqda. 

Portugaliyaning U-17, U-19, U-21, U-23 terma jamoalarida o'ynagan va gollar urib kelgan. Milliy jamoada debyut qilganiga bir oy ham bo'lmadi. Asosiy tarkibda birinchi marta tushdi. Hozirgi statistikasi – 4 o'yin, 4 gol. 

"Benfika" tarkibida CHempionlar Ligasida gol urib kelmoqda. "Enfild"da Liverpul darvozasini ham ishg'ol qilgan. Faqat Klopp unga emas, Nunesga qiziqib qolgan. Lissabonda Klopp adashib boshqa hujumchini tanlab qo'ydi, deb hazillashishadi. 

SHu kungacha Ramushni "Vulverxempton", "Nyukasl", "Everton" kabi klublar taklif qilgan. Lekin katta summaga emas. "Benfika" esa uning bahosini yuqori qilib belgilagan. Kechagi o'yindan keyin top-klublar o'sha narxdan ham kattasini taklif qilishi kutilmoqda", – deyiladi taniqli sharhlovchi Davron Fayzievning Telegram'dagi sahifasida.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика