Ramosni ikki marta chetlatgan hakam el klassikoni boshqaradi
09 dek 2019 22:21
Yangiliklar


Ramosni ikki marta chetlatgan hakam el klassikoni boshqaradi
Ispaniya qirolligi futbol federaciyasi “Barselona” va “Real” jamoalari o'rtasidagi bahsni boshqarib boradigan hakamlar brigadasini elon qildi.
Uchrashuvni Alexandro Ernandes Ernandes boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshaqarib boradi. Bu ushbu hakam faoliyatidagi to'rtinchi el klassiko sifatida qayd etiladi. U ikki marta madridliklar sardori Serxio Ramosni maydondan chetlatgan: 2015/16 yilgi mavsumda “Kamp Nou”da va 2016/17 yilgi mavsumda “Santyago Bernabeu”da. 2015/16 yilgi to'qnashuvda u madridliklar hujumchisi Garet Beylning golini inobatga olmagandi.
Bosh hakamga Teodoro Sobrino Magan va Xose Enrike Peres Naranxo ko'maklashishadi. VAR tizimida ilk martada Rikardo de Burgos Bengoechea ishlasa, unga Xon Nunes Fernandes ko'maklashadi.
“Barselona” va “Real” jamoalari o'rtasidagi bahs 18 dekabr kuni “Kamp Nou”da bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar