Ramos va uning oila azolari telefon raqamlarini o'zgatirishga majbur bo'lishdi
02 iyu 2018 00:14
Yangiliklar


Ramos va uning oila azolari telefon raqamlarini o'zgatirishga majbur bo'lishdi
“Real” sardori Serxio Ramos va uning oila azolari CHempionlar ligasi finalidan keyingi tinimsiz tahdidlardan so'ng telefon raqamlarini o'zgartirishdi.
Barchaning yodida, final bellashuvida 32 yoshli ispaniyalik futbolchi misrlik hujumchi bilan to'qnashuvdan keyin elkasidan jarohat olib, maydonni tark etgandi.
Misrda futbol fanatlari va OAV Ramosning Salohaga ataylab jarohat etkazishda ayblashni boshladi. SHundan keyin Ispaniyaning Qohiradagi elchixonasida oldida minglab insonlar norozilik akciyasini o'tkazishdi. Natijada Ramos va uning oila azolariga ko'plab tahdidlar ham uyushtirildi.
Policiya xodimlari telefon va ijtimoiy tarmoqlar orqali Ramos va uning azolariga tahdid qilganlarni aniqlashga urinmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar