Ramos va Neymar hali safga qaytmadi, ikki haftadan so'ng jamoa "Real"ga qarshi o'ynaydi
02 fev 2022 21:22
Yangiliklar
Ramos va Neymar hali safga qaytmadi, ikki haftadan so'ng jamoa "Real"ga qarshi o'ynaydi
PSJ futbolchilari Serxio Ramos va Neymar jarohatlardan tiklanishda davom etmoqda.
Ramos va Neymar bugun parijliklarning umumiy guruh mashg'ulotlarida ishtirok etmadi. Manbaning xabariga ko'ra, braziliyalik futbolchi sport zalda hamon individual tarzda shug'ullanmoqda.
Ispaniyalik himoyachi esa mushak qismidan jarohat oldi va Franciya kubogi 1/8 finalida "Nicca"ga qarshi o'yinni o'tkazib yubordi (0:0, pen. 5:6). Neymar noyabr oyidan beri PSJ safida maydonga tushmayapti.
Eslatib o'tamiz, 6 fevral kuni PSJ Liga 1 23-turi doirasida "Lill"ga qarshi o'yinda maydonga tushadi. Ikki haftadan so'ng, 15 fevral kuni parijliklar ECHL 1/8 finalida "Real" bilan to'qnash kelishadi.
O’xshash yangiliklar
06:05
"El klasiko". "Real Madrid" – "Barselona" 2:5, "Barselona" o'tgan yilgi final uchun revansh oldi 24
Fikrlar