Ramos: “So'nggi soniyalarda ochko yo'qotish alamli”
13 okt 2019 08:48
Yangiliklar


Ramos: “So'nggi soniyalarda ochko yo'qotish alamli”
Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Serxio Ramos Evro-2020 saralash bahslari doirasida Norvegiyaga (1:1) qarshi kechgan bellashuv haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
“So'nggi soniyalarda tayyor g'alabani qo'ldan chiqarib, ochko yo'qotish o'ta alamli holat. Mezbonlar mag'lubiyatga uchrashsa, kurashdan chetga chiqishlarini tushunib turishgandi. SHu bois so'nggi daqiqalarda darvozamiz oldida bosimni kuchaytirishdi va maqsadlariga erishishdi.
Biz g'alabaga yaqin edik. Biroq... Endi qolgan uchrashuvlarni ishonchli va xotirjam o'tkazamiz”, deydi Ramos.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar