Ramos: "Ronaldinyo men futbol tarixida guvohi bo'lgan eng sehrgar o'yinchi"

Оқил Абдубарноев
29 dek 2021, 19:14
PSJ himoyachisi Serxio Ramos yaqinda bergan intervyusida braziliyalik Ronaldinyoning o'yinlaridan hayratda qolishini ta'kidladi.

"Menimcha, u men futbol tarixida ko'rgan eng sehrgar o'yinchi. Men uni hayotimda boshqa o'yinchilar amalga oshirmagan harakatlarini ko'rdim. Men uchun u boshqacha edi - uning harakatlari ajablanarli. U daho.

Ronaldinyo noyob futbolchi edi. U bizga ko'rsata olgan yuqori saviyadagi o'yin uzoq davom etmaganidan afsusdaman. Ha, men har doim dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan ilhomlanganman va Ronni eng yaxshilaridan biri edi. U izdosh qoldirganiga ishonaman. U o'yinni ko'ra bilish, tezlik, to'pni nazorat qilish kabi xislatlar mujassam bo'lgan futbol tarixidagi kam sonli o'yinchilar qatoriga kiradi", - dedi ispaniyalik himoyachi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Sports.ru