Ramos rekord sari yaqinlashmoqda
26 mar 2021 09:10
Yangiliklar


Ramos rekord sari yaqinlashmoqda
Ispaniya terma jamoasi JCH-2022 saralashi doirasida Greciya bilan durang o'ynadi.
Ushbu o'yinda ispaniyaliklar himoyachisi Serxio Ramos terma jamoa safidagi 179-o'yinini o'tkazdi.
U terma jamoada o'yin o'tkazish bo'yicha Quvayt futbolchisi Badir al-Mutvani ortda qoldirdi. Endilikda 34 yoshli ispan futbolchisi Ummon vakili Ahmad Muborak bilan ikkinchi/uchinchi o'rinni egallab turibdi.
Bu borada rekord Misr futbolchisi Ahmad Hassanga tegishli. U terma jamoa safida 184 ta o'yin o'tkazgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar