Ramos PSJ bilan 2023 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolaydi
01 iyu 2021 21:13
Yangiliklar
Ramos PSJ bilan 2023 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolaydi
Parijliklar yaqin kunlarda uchta "bomba" transferni elon qilmoqchi.
Jurnalist Fabricio Romano xabariga ko'ra, himoyachi Serxio Ramos PSJ bilan 2023 yilgacha shartnoma imzolaydi.
Yaqin kunlarda ispaniyalik futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tadi.
Qayd etilishicha, PSJ Ramosning agenti bilan yanvar oyida bog'langan va aprel oyida muzokaralar boshlangan. PSJ futbolchiga o'zi xohlaganidek, ikki mavsumga mo'ljallangan shartnoma taklif qilgan.
Parijliklar yaqin 15 kun ichida Ashraf Hakimi, Serxio Ramos va Janluiji Donnarumma transferlarini elon qilmoqchi.
Fikrlar