Ramos: "Liga 1 da ilk bor g'olib chiqqanimdan xursandman"
24 apr 2022 21:31
Yangiliklar


Ramos: "Liga 1 da ilk bor g'olib chiqqanimdan xursandman"
Serxio Ramos Liga 1 da PSJ bilan qozonilgan g'alabadan so'ng his-tuyg'ulari bilan o'rtoqlashdi.
Bu "Real" bilan 22 ta sovrin yutgan ispaniyalikning Franciyadagi ilk yutug'i.
"Biz chempionmiz! Mavsum boshidan oxirigacha bu sovringa loyiq edik. Jamoa bilan faxrlanaman va Liga 1 da ilk bor g'olib chiqqanimdan xursandman, bu mening faoliyatimdagi oltinchi chempionlik sovrinidir.
Qo'llab-quvvatlayotganingiz uchun rahmat. Hozircha bayramni nishonlaylik, keyin bundan ko'prog'i uchun qaytamiz. Biz har doim ko'p narsani xohlaymiz", – dedi parijliklar himoyachisi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar