Ramos LaLiga rekordini o'rnatdi
22 fev 2018 15:19
Yangiliklar
Ramos LaLiga rekordini o'rnatdi
"Real" himoyachisi Serxio Ramos "Leganes"ga qarshi bo'lib o'tgan bahsda sariq kartochka oldi (3:1).
Bu Ispaniya terma jamoasi futbolchisining chempionatda olgan 163-sariq kartochkasi bo'ldi va ushbu ko'rsatkich bo'yicha liga rekordchisiga aylandi.
Ramos LaLiga tarixida chetlatishlar bo'yicha ham rekordchi - u 19 marta qizil kartochka bilan "siylangan".
Bundan tashqari, 31 yoshli ispan "Leganes" bilan bahsda penaltidan gol urdi. Ushbu darvozani ishg'ol qilish Ramos uchun Ispaniya chempionatidagi 54-gol bo'ldi va liga tarixida to'purar himoyachilar o'rtasida ikkinchi o'ringa chiqib oldi. Birinchi o'rinni Ronald Kuman egallab turibdi (67ta gol). Ramos Fernando Yerroni ortda qoldirdi (53ta gol).
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar