Ramos: “Jamoadoshlarim raqibni mensishmadi va...”
25 noy 2018 08:08
Yangiliklar
Ramos: “Jamoadoshlarim raqibni mensishmadi va...”
“Real” himoyachisi Serxio Ramos La Liga 13-turi doirasida “Eybar”dan (0:3) uchralgan mag'lubiyatga izoh berdi.
“Real” o'z darajasida o'yin ko'rsata olmadi.O'zimizni oqlash uchun hech qanaqa sabab yo'q. Raqibimiz bizga taklif qilgan o'yinga dosh berolmadik. O'yin davomida vaziyatni o'nglash imkoni bo'lmadi. Hammasi biz uchun omadsiz yakunlandi. Raqibni tabriklaymiz.
Tezlik bilan o'yinni tahlil qilishimiz lozim. Salbiy kayfiyat bilan musobaqada qatnashish mushkul. Jismoniy jihatdan bizda hammasi joyida, ammo futbolchilar kerakli ishtiyoq bilan o'ynay olishmadi”, deya Ramosning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Marca nashri.
“Eybar” 18 ochko bilan La Liga turnir jadvalida 7-pog'onada bormoqda. “Real” esa 20 ochko bilan 6-o'rinni band etgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Умтити Месси ҳақида: "Фақатгина Месси ўйинни ёлғиз ўзи ютишга қодир эди"
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги дастлабки очкосини қўлга киритди
"Ал Иттиҳод" Салоҳнинг агенти билан музокаралар олиб бормоқда
Кроос Саудия Арабистони лигасини танқид қилди: "Роналдусиз уни яна унутишади"
Fikrlar