Ramos Ispaniya terma jamoasiga qaytishi mumkin
26 jan 2023 07:57
Yangiliklar


Ramos Ispaniya terma jamoasiga qaytishi mumkin
Serxio Ramos Ispaniya terma jamoasiga qaytishi mumkin.
Terma jamoa bosh murabbiyi Luis de la Fuente sardor bo'lishi mumkin bo'lgan futbolchilar bilan gaplashib olmoqchi.
Ramos Ispaniyaning mart oyidagi o'yinlariga chaqiruv olishi ehtimoli bor. Bu PSJ futbolchisi yaqin orada o'tkaziladigan o'yinlarda o'zini qanday ko'rsata olishiga bog'liq.
Agar Ramos terma jamoaga chaqirilmasa, Alba, Koke, Morata va Aspilikuetada terma jamoa sardori bo'lish ehtimoli bor.
Eslatib o'tamiz, Ramos Ispaniya terma jamoasidagi so'nggi o'yinini 2021 yilning mart oyida o'tkazgan.
O’xshash yangiliklar
10:48
Ramos Meksika klubi bilan shartnoma tuzishdan avval bir qator talablar qo'ygani malum bo'ldi 11

Fikrlar