Ramos: "Isko va Solari? Juda qiyin"

Mirjalol Normatov
11 yanv 2019, 17:11
"Real" yarim himoyachisi Isko bosh murabbiy Santyago Solari qo'l ostida o'yinlarga deyarli tushmayapti.

Bu holatga "Real" sardori Serxio Ramos izoh berdi.

"Ularda barchasi qiyin. "Real"da barcha o'sishni, o'yinlarga tushishni istaydi. Biroq faqatgina murabbiy tarkibni tanlaydi. Matbuot har doim biz haqimizda yozadi, gapiradi, bosimni kuchaytirish uchun mish-mishlar o'ylab topaveradi. Ular vaziyatdan foydalanib qolishni istaydi", - dedi Ramos.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca