Ramos, Donnarumma yoki Messi - "Pari Sen-Jermen"da kim ko'proq maosh oladi?
12 avg 2021 04:06
Yangiliklar
Ramos, Donnarumma yoki Messi - "Pari Sen-Jermen"da kim ko'proq maosh oladi?
Xabaringiz bor, PSJ joriy transfer oynasida "bombalar yomg'iri"ni uyushtirmoqda. Nosir al-Xelayfi bir nuqtaga kelishi mushkul bo'lgan o'yinchilarni Parijda jamlash uchun katta miqdorda mablag' sarflayotgani bor gap.
Pul masalasi odamlar uchun har doim qiziq. Xo'sh, PSJda eng ko'p maoshni kim oladi? Ramos yiliga qancha ishlab topadi? Mbappening oyligi qimmatroqmi, Neymarnikimi? Donnarumma va Navas o'rtasidagi farq? Bu savollar ko'pchiligingizni qiynagani aniq. Mana, bularning barchasiga javob bor.
Fransuz klubida yangi mavsum uchun eng katta maosh Leo Messiga yoziladi (35 mln evro). Keyingi o'rinlarni Neymar, Mbappe va Anxel Di Mariya band qilib turibdi. Jamoaga yangi kelib qo'shilganlardan Ramos va Donnarummaning oylik maoshi bir xil, 1 mln evrodan. To'liq ro'yxat bilan quyida tanishing.
futbolchi | yillik | oylik | shartnoma (-gacha) |
---|---|---|---|
Keylor Navas | 2 500 000 | 360 000 | 2024-06-30 |
Janluiji Donnarumma | 12 000 000 | 1 000 000 | 2024-06-30 |
Serxio Riko | 2 000 000 | 310 000 | 2024-06-30 |
Presnel Kimpembe | 4 000 000 | 320 000 | 2024-06-30 |
Tilo Kerer | 5 000 000 | 425 000 | 2023-06-30 |
Serxio Ramos | 12 000 000 | 1 000 000 | 2023-06-30 |
Markinos | 10 000 000 | 800 000 | 2024-06-30 |
Ashraf Hakimi | 10 000 000 | 800 000 | 2026-06-30 |
Abdu Diallo | 5 000 000 | 434 000 | 2024-06-30 |
Kolen Dagba | 1 500 000 | 275 000 | 2024-06-30 |
Danilo Pereyra | 2 500 000 | 360 000 | 2025-06-30 |
Rafinya | 4 000 000 | 300 000 | 2023-06-30 |
Jorjino Veynaldum | 7 200 000 | 600 000 | 2024-06-30 |
Marko Verratti | 7 200 000 | 600 000 | 2024-06-30 |
Leandro Paredes | 6 500 000 | 540 000 | 2023-06-30 |
Anxel Di Mariya | 13 440 000 | 1 000 000 | 2022-06-30 |
Xuan Bernat | 4 000 000 | 340 000 | 2025-06-30 |
Pablo Sarabiya | 3 200 000 | 275 000 | 2024-06-30 |
Ander Erera | 3 650 000 | 320 000 | 2024-06-30 |
Yulian Draksler | 5 000 000 | 420 000 | 2024-06-30 |
Idrissa Guye | 4 000 000 | 300 000 | 2023-06-30 |
Lionel Messi | 35 000 000 | 2 900 000 | 2023-06-30 (+1) |
Mbappe | 18 000 000 | 1 200 000 | 2022-06-30 |
Neymar | 30 000 000 | 2 000 000 | 2025-06-30 |
Mauro Ikardi | 10 000 000 | 875 000 | 2024-06-30 |
Leyvin Kyurzava | 5 000 000 | 400 000 | 2024-06-30 |
P.s. Barcha raqamlar evroda ko'rsatilgan.
Fikrlar