Ramos 2018 yilning may oyidan buyon ilk bor penaltini golga aylantira olmadi
15 noy 2020 07:58
Yangiliklar


Ramos 2018 yilning may oyidan buyon ilk bor penaltini golga aylantira olmadi
“Real” va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Serxio Ramos 2018 yilning may oyidan buyon ilk marta penaltini aniq amalga oshira olmadi, deya xabar bermoqda Gracenote Live.
Ispaniyaliklar sardori Millatlar ligasi turnirida SHveycariyaga (1:1) qarshi bahsda bir emas, ikki bor belgilangan penaltidan samarali foydalana olmadi. Bungacha Ramos 25 marta belgilangan penaltini aniq amalsha oshirib, bu boradagi rekordchi – 2010 yil fevralidan 2012 yil apreliga qadar 26 marta penaltini gol aylantirgan Ronalduga yaqinlashib olgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar