Ralf Rangnik firibgarlikdan so'ng Rossiyadan juftakni rostlab, Manchesterga yo'l olmoqchi(mi)?!
26 noy 2021 20:15
Yangiliklar
Ralf Rangnik firibgarlikdan so'ng Rossiyadan juftakni rostlab, Manchesterga yo'l olmoqchi(mi)?!
Rangnikning taklifiga ko'ra, "Lokomotiv" bir qator shubhali transferlarni amalga oshirdi hamda Ralf o'zining nemis tanishi Gizdolni tayinlash uchun sobiq murabbiy Nikolichni 3 million evro tovon puli evaziga ishdan bo'shatdi. Rossiyada Evropa darajasidagi klub qurish umidi puchga chiqqach, "Lokomotiv"ning nemis messiyasi endilikda "Manchester Yunayted"ni boshqarish niyatida.
Rangnikning talabi bilan "Lokomotiv" Maradishvili (7 million), Kerk (6 million), Bek-Bek (6 million), Tiknizyan (5 million), Edvay (4 million) va Nenaxov (2 million) uchun 30 million evro sarfladi. Rangnik taklifiga binoan shartnoma imzolagan futbolchilar atigi 3 ta gol urishdi - har bir gol Rossiya temir yo'llariga 10 million evroga tushdi. SHubhasiz, kimdir bu transferlardan yaxshigina manfaat ko'radi. Va endilikda rus klubini xonavayron qilgandan so'ng, murabbiylik faoliyati bilan shug'ullanish mumkin. Tag'in Manchesterda.
Aftidan, "Lokomotiv" endilikda mavjud byudjeti bilan boshqarib bo'lmas zanglagan shaldiroq aravaga aylanish xavfi ostida turibdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar