Rayola: "Milan"ni boshqarish uchun Konteni deyarli ko'ndirgan edim"

Aslanov Jasurbek
5 fev 2015, 18:19
Agent Mino Rayolaning takidlashicha, u Antonio Konteni "Yuventus"ni boshqargan kezlari "Milan"ga bosh murabbiy bo'lishga ko'ndirgan edi.

Eslatib o'tamiz, Konte ayni damda Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida ishlayapti.

"Konte "Milan" uchun juda yaxshi variant. Men u bilan uch hafta ishlaganman va mutaxassisni "Milan"ga bosh murabbiy bo'lishga deyarli ko'ndirgan edim, ammo u "Yuventus"ga sodiq qolishga qaror qilgan" - deydi Rayola.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com