Rahmonaliev "Rubin"dan ijara asosida ketadi. U bugun yangi klubi bilan shartnoma imzolash uchun uchib ketadi
25 jan 22:50
Yangiliklar
Rahmonaliev "Rubin"dan ijara asosida ketadi. U bugun yangi klubi bilan shartnoma imzolash uchun uchib ketadi
"Rubin" yarim himoyachisi Umarali Rahmonaliev bugun "Sabah" bilan shartnoma imzolash uchun Ozarbayjonga uchib ketadi.
21 yoshli o'yinchi yangi klubida 2025 yilning so'nggiga qadar ijara asosida o'ynaydi.
"Sabah" ayni dam Ozarbayjon chempionatida beshinchi o'rinda bormoqda. Klub o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra uchinchi o'rinni egalladi va UEFA Konferenciyalar ligasi saralashiga yo'llanma olgandi, ammo unda Irlandiyaning "Sent Patriks" jamoasiga mag'lub bo'ldi. "Sabah" joriy mavsum ham evrokuboklarga yo'llanma olish imkoniyatiga ega.
Qayd etish kerakki, "Sabah"ga rossiyalik mutaxassis Vasiliy Berezuckiy ustozlik qiladi.
Fikrlar