Rahmatullo Fuzaylov “Istaravshan” bosh murabbiyi
05 jan 2021 12:35
Yangiliklar


Rahmatullo Fuzaylov “Istaravshan” bosh murabbiyi
Taniqli sobiq futbolchi Rahmatullo Fuzaylov yaqinda “Istaravshan” jamoasini qabul qilib oldi.
Tojikistonlik 42 yoshli murabbiyni muxlislar yaxshi bilishsa kerak, ilgari futbolchi sifatida mamlakatimizda “Neftchi”, Dinamo” va “Buxoro” jamoalari sharafini himoya qilgan.
Taniqli murabbiy Hakim Fuzaylovning ukasi bo'lgan Rahmattilo murabbiylikka o'tgach, bungacha Tojikistonning bir nechta jamoalarini boshqardi. Xususan, “CSKA”, “Ko'ktosh”, “Ravshan” (Zafarobod) shular jumlasidandir.
SHuningdek “Istaravshan”ning yangi bosh murabbiyi U-19 Tojikiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyining yordamchisi ham hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar