So’nggi yangiliklar

01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  24 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  79 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  11 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  22 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1

Rahmatullo Berdimurodov: “Safardagi g'alabamizni oldinroq nishonlashimiz ham mumkin edi” Yangiliklar

Rahmatullo Berdimurodov: “Safardagi g'alabamizni oldinroq nishonlashimiz ham mumkin edi”

“Andijon” – “Olmaliq” (0:2) uchrashuvida mehmonlar safida faol harakatlari bilan ko'pchilikda iliq taassurot qoldirgan futbolchilardan biri bu – Rahmatullo Berdimurodov bo'ldi.
O'yindan so'ng uning fikrlari bilan qiziqdik.

- Garchi g'alaba qozongan bo'lsakda, o'yin biz uchun ham qiyin kechdi. Ayniqsa mezbonlar ikkinchi bo'limni hujumkor ruhda o'tkazdi. Birinchi bo'limda esa aksincha ularning o'yini kutilganidek chiqmadi. Bundan biz unumli foydalanib, hisobni ochishga erishdik. Albatta, bu juda foydali bo'ldi. Safardagi ilk g'alabamizni qo'lga kiritdik. Lekin bilasizmi biz bundan oldinroq ham safarda yutishimiz mumkin edi. CHunki “Qizilqum” va “SHo'rtan”ga qarshi bahslarda mag'lubiyatga loyiq o'yin ko'rsatmaganmiz. Tayyor g'alabani qo'ldan chiqargandik o'shanda. Andijonda esa omadimiz keldi degan bo'lardim. Futbolda ko'p narsa omadga ham bog'liq.

- Sobiq murabbiyim Baxtiyor Ashurmatov va sobiq jamoadoshlarimga qarshi o'yinda g'olib chiqqanimiz menga unchalik tatimadi. Lekin “Olmaliq”qa ham g'alaba kerak edi. Uch ochkoni qo'lga kiritganimizdan xursandman. Ammo baribir murabbiyim va do'stlarim uchun xursand bo'lmadim. Bundan ko'ra, safarda “SHo'rtan”ni yutganimiz yaxshiroq edi deb o'ylayman. Lekin Andijonda kerakli uch ochkoni qo'lga kiritdik.

- Bizga omad kulib boqdi. Qolaversa o'yinga puxta tayyorgarlik ko'rgandik. Bilardikki, o'yindan oldin “Andijon”da bosh murabbiyning jamoada qolish-qolmasligi so'roq ostida turgandi. Bu ham qaysidir manoda ularga tasir o'tkazdi shekilli. O'ylaymanki “Andijon” bu qiyin vaziyatdan chiqib keta oladi. Baxtiyor Ashurmatov bilan oldin birga ishlaganman. Futbolchilarni qanday ruhlantira olishni yaxshi biladi. O'tgan yili “Navbahor”ning yillik byudjeti u qadar katta bo'lmasada, kurashchan jamoa shakllantirgandi. “Andijon”ni ham yaqin orada yuqori o'rinlarga olib chiqadi degan fikrdaman.

- Hozir “Olmaliq” futbolchisiman va jamoa bilan bir yillik shartnomam mavjud. Qolaversa bu erda meni hamma narsa qoniqtirmoqda. Jamoaga kirishib keta oldim. Lekin vaqti kelib yana Ashurmatov bilan birga ishlayman degan umiddaman, - deydi Berdimurodov.


"Andijon" matbuot xizmati
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика