So’nggi yangiliklar

13:48"Барселона" ёш футболчиси билан хайрлашадими?  0 13:15"Манчестер Сити"ни 4 нафар футболчи тарк этиши мумкин  1 12:46"Челси" Симонс билан музокараларда олдинга силжиди  0 12:25Баҳром Ҳайдаров: "Имкон қадар 10таликдан ўрин эгаллашга ҳаракат қиламиз"  0 11:54"Интер" асосий футболчиси "Реал" диққат марказида  0 11:26Виталий Денисов: "Файзуллаев топ-5 лигадаги клубга ўтади деб умид қилгандим"  9 10:53"Насаф" сардори легионерга айланишга яқин  14 10:25"Нефтчи" футболчиси "Қўқон-1912"га ўтиши мумкин  1 09:51"Насаф" колумбиялик ҳужумчига қизиқиш билдирмоқда  7 09:18"Нефтчи" Жоэль Кожо учун қанча сарфлаши маълум  13 08:40"Рома" янги мавсум учун учинчи либослар тўпламини намойиш қилди  2 08:13Гари Линекер: "Рэшфорд барчасини уддалайди"  3 07:45Хуршид Мухторовнинг янги жамоаси маълум  1 02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  2 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0

Rahimjon Davronov: "Buxoro" so'nggi turlarda tavakkalga qo'l uradi" Yangiliklar

Rahimjon Davronov: "Buxoro" so'nggi turlarda tavakkalga qo'l uradi"

Superligada deyarli barcha narsaga oydinlik kiritib bo'ldi deyishimiz noo'rin bo'lsa kerak.

Boisi, turnir jadvalining quyi pog'onasidan o'rin olgan jamoalar kuchlilar safida qolishni uzil-kesil hal qilishmadi. Bunday imkoniyat “Buxoro”da ham saqlanib qolingan. Ular uchun har bir ochkoning qadri baland. Hususan, 23-turdan o'rin olgan “Qizilqum”ga qarshi uchrashuvning ahamiyati o'ta yuqori. Mag'lubiyat jamoaning ahvolini yanada og'irlashtirishi turgan gap. Bu borada jamoaning asosiy posboni Rahimjon Davronovning fikrlarini bilish istagi tuyuldi.

- Jamoani oldinda navoiyliklarga qarshi qiyin bahs kutib turibdi. Umuman, ayni damda klubdagi vaziyat qanday? Tanaffusda qaysi jihatlar ustida ish olib borildi...

- “Buxoro”da hamon imkoniyat bor. Ko'rgan bo'lsangiz, avvalgi o'yinlarda himoyada harakat qildik. Tanaffus paytida asosan hujumkor o'yinni tashkil qilish ustida ish olib bordik. Jamoadoshlarimiz bilan juda yaxshi tushunib turibmiz. Biz uchun oson o'yin bo'lmasligi aniq. Jiddiy hozirlik ko'ryapmiz. O'ylaymanki g'alaba bizniki bo'ladi.



- Qolgan turlarda balki, tavakkalga qo'l urarsizlar...

- SHunday desak ham mubolag'a bo'lmaydi. "Vabank"ka o'tishimiz mumkin. Ko'proq hujum uyushtirshimiz kerak. Nimaga desangiz bizga g'alaba suv va havodek zarur. Superligada qolish uchun bor kuchimizni ishga solamiz.

- Keling suhbatimizni sobiq jamoangiz “Mashal” haqida davom ettirsak. Ularni elitaga qaytgani sizni befarq qoldirmagan bo'lsa kerak...

- Ha. Deyarli yuz foiz ishongandim. Bunday jamoani o'rni Superligada deb o'ylayman.

- Orada yuz bergan pasayishning sababi nimada deb o'ylaysiz?

- Qashqadaryoda futbolga bo'lgan etibor juda katta. “Nasaf”ni gapirmasa ham bo'ladi. Sobiq klubimga kelsak, ozroq pasayish bo'ldi moliyaviy tomondan. Keyingi yil barchasi joyida bo'ladi.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика