Rafael van der Vart: "Van Deyk – dunyoning eng yaxshi emas, maxsus o'yinchisi. Messi va Ronaldu – eng yaxshilari"
12 sen 2019 21:35
Yangiliklar


Rafael van der Vart: "Van Deyk – dunyoning eng yaxshi emas, maxsus o'yinchisi. Messi va Ronaldu – eng yaxshilari"
Gollandiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Rafael van der Vart "Liverpul" himoyachisi Virjil van Deyk haqida fikrlari bilan bo'lishdi.
Van Deyk haqida
"U – dunyoning eng yaxshi emas, maxsus o'yinchisi. Messi va Ronaldu – eng yaxshilari. Biroq, himoyachi va hujumchilarni qiyoslash mumkin emas".
De Ligt haqida
"Uni "Barselona" yoki "Bavariya"da ko'rishni maqul ko'rgan bo'lardim. Mattias qiyinchilikda toblangan, lekin Bonuchchi va Kellini (xatto u jarohat olgan bo'lsa ham) kabi himoyachilarga raqobatda turib berish oson emas. Ammo, u juda iqtidorli".
O’xshash yangiliklar

Fikrlar