Rafael van der Vart: "Ko'plab yosh futbolchilar Ronalduga o'xshashni istashadi"
27 noy 2013 17:53
Yangiliklar


Rafael van der Vart: "Ko'plab yosh futbolchilar Ronalduga o'xshashni istashadi"
"Gamburg" va Gollandiya terma jamoasi yarim himoyachisi Rafael van der Vart bu yil "Oltin to'p"ni Krishtianu Ronaldu olishi kerak deb hisoblaydi.
– Ko'plab yosh futbolchilar, "Gamburg"dagilar ham Krishtianuga o'xshashni istashadi. Bazilar uni maydonda o'ziga bino qo'ygandek ko'rishadi ammo, Ronaldu kiyimxonada oddiy yigit. U g'aroyib futbolchi va "Oltin to'p"ni olishga to'la haqli, – deydi van der Vart Goal.com portaliga.

Fikrlar