Rafael Benites: "Jamoaning jismoniy holatidan ko'nglim to'q"
16 fev 2014 22:45
Yangiliklar


Rafael Benites: "Jamoaning jismoniy holatidan ko'nglim to'q"
"Napoli" bosh murabbiyi Rafael Benites jamoasining "Sassuolo"ga qarshi o'yini (2:0) haqida to'xtalib o'tdi.
"Bir haftada ikkita o'yin o'tkazib, ularning har ikkisida ham yuqori saviyali futbol namoyish qilish osonmas. Jamoa jismonan juda yaxshi tayyorgarlikka ega. Bu jihatdan ko'nglim to'q. Bugun o'yin amaliyotiga ko'p ham ega bo'lmayotgan futbolchilarga imkoniyat berdim", - deya murabbiy so'zlaridan Sky Sport iqtibos keltirmoqda.

Fikrlar