Rafael Benites: “Biz CHempionlar ligasi finalchisiga mag'lub bo'ldik”
27 noy 2013 10:14
Yangiliklar


Rafael Benites: “Biz CHempionlar ligasi finalchisiga mag'lub bo'ldik”
“Napoli” klubi bosh murabbiyi Rafael Benites, CHempionlar ligasi doirasida “Borussiya”ga qarshi o'yindagi (1:3) mag'lubiyat sabablarini tushuntirib o'tdi.
“Biz dunyoning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi yaxshi o'yin o'tkazdik. CHempionlar ligasi finalchisiga mag'lub bo'ldik.
Bugungi o'yinda yigitlar nimalarga qodir ekanliklarini ko'rsatishdi. Ushbu mag'lubiyatdan to'g'ri xulosa chiqarish kerak.
Biroq biz ko'plab xatolarga yo'l qo'ydik, raqibimiz esa bu uchun bizni jazoladi”, - Benitesning so'zlarini keltiradi La Gazzetta dello Sport.

Fikrlar