So’nggi yangiliklar

10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  1 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  7 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  1 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  1 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  3 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  4 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  3 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0

Rade Petrovich: "Neftchi"ga qarshi o'yinda tribunalar muxlislar bilan to'lishiga shubha yo'q. Bor etiborni mana shu o'yinga qaratamiz" Yangiliklar

Rade Petrovich: "Neftchi"ga qarshi o'yinda tribunalar muxlislar bilan to'lishiga shubha yo'q. Bor etiborni mana shu o'yinga qaratamiz"

Superliganing 13-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Dinamo" (2:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar yordamchi murabbiyi Rade Petrovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Og'ir o'yin o'tkazdik. Uchrashuvni yaxshi boshlagandik. Birinchi bo'limning o'zida raqib darvozasiga 2 ta gol urishni uddasidan chiqdik. SHundan so'ng jamoa o'yinida bir oz pasayish va xotirjamlik ko'zga tashlandi. Bu holatdan raqiblar unumli foydalanishdi va hisobni tenglashtirishdi. O'yinning borishidan kelib chiqib zaxiradan futbolchilarni o'yinga tashladik. O'zgarishlar samarasini berdi va yana 2 ta gol urishning uddasidan chiqdik. G'alaba bilan jamoamiz azolarini va muxlislarimizni tabriklayman. "Dinamo" jamoasiga esa navbatdagi o'yinlarda omad tilaymiz.

- Jamoaning ayni damdagi imkoniyatlaridan kelib chiqsak, chempionlik vazifasi ham kun tartibida bormi?

- Biz hozir navbatdagi raqiblar haqida o'ylayapmiz. Jamoamiz bosh murabbiyi Ivan Boshkovich ham diskvalifikaciyadan so'ng maydonga qaytadi. Oldinda bizni kubok doirasida "Neftchi"ga qarshi o'yin kutayapti. SHu uchrashuvda stadion tribunalari muxlislar bilan to'lishiga shubha yo'q. Biz hozir bor etiborni mana shu o'yinga qaratamiz. CHempionlik haqida savolingizga kelsak, har bir uchrashuvda g'alaba uchun maydonga chiqamiz, albatta barchasi ikkinchi davrada qayd etadigan natijalarimizga bog'liq.

- Jamoa legionerlari yaxshi o'yin ko'rsatishmoqda. Birinchi davra yakunidan so'ng transferlar rejasi qanaqa?

- Legionerlarimiz saviyasi anchayin yaxshi. Ular jamoamizga taklif etilishidan oldin o'z klublarida etakchilardan bo'lishgan. Doriev to'purarlar jadvalida yaxshi natija ko'rsatayapti masalan. Davralar oralig'ida mahalliy futbolchilardan kuzatib yurganlarimiz bor, balki amalga oshsa 3-4 nafar yangi nomlar tarkibimizda paydo bo'ladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика