Rabio: "Dijonga 8ta gol urish oson"
15 fev 2018 15:32
Yangiliklar
Rabio: "Dijonga 8ta gol urish oson"
PSJ yarim himoyachisi Adrien Rabio CHempionlar ligasi 1/8 final ilk uchrashuvidagi mag'lubiyat (1:3) haqida fikr bildirdi.
"PSJ har doimgidek golli vaziyatlar yaratdi, ammo bu imkoniyatlardan "Real" kabi jamoalarga qarshi bahslarda foydalana olmaymiz, raqib esa ikki-uch vaziyatlardan so'ng gol uradi. Uchrashuvni yaxshi boshladik, ammo o'yin oxirida ikkita gol o'tkazib yubordik. Avvalgi xatolarni takrorladik. Bu g'azablantiradi.
Vaziyatni qanday qilib javob uchrashuvida o'nglash mumkin? "Dijon" darvozasiga 8ta gol urish oson. "Real"dek jamoalarga qarshi bahslarda vaziyatlardan unumliroq foydalanish kerak. Bunday qilmadik. Javob o'yini bor va chorak finalga chiqish uchun kurashamiz. Biroq buni uddalash qiyin bo'ladi" - deydi Rabio.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar