So’nggi yangiliklar

01:50"Ал Ҳилол"нинг собиқ бош мураббийи "Ал Насср"ни бошқаришга рози бўлди  4 00:54Расман: Поль Погба - "Монако" футболчиси!  2 00:36Акмал Рустамов: "Йигитларнинг барчасига раҳмат айтаман, улар бор кучи билан ҳаракат қилишмоқда"  1 00:12Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" - "Челси" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 00:10Мирко Йеличич: "Биз 60 дақиқа яхши ўйнадик"  0 23:55Суперлига. Алибоев супергол урган баҳсда "Нефтчи" "Қизилқум" билан дуранг ўйнади, "Навбаҳор" эса "Машъал"ни йирик ҳисобда енгди  0 23:51Клублар ўртасидаги ЖЧнинг биринчи чорак финалчиси маълум!  0 23:38Виталий Левченко: "Агар реализация яхшироқ бўлганида, ўйин натижасини ҳал қилиб бўлган бўлар эдик"  18 23:23Сергей Лушчан: "Мавсум аввалида бизда аниқ бир мақсад йўқ эди, ҳозир эса... Футболчимизда хориждан таклиф бор"  7 22:50Уильямсни сотиб олса ҳам "Барселона" Рэшфордни трансфер қилишга уриниб кўради  5 22:31Фарҳод Нишонов: "Бир нечта футболчиларимизда Суперлигадан клубларидан таклифлар бор"  0 22:13Асрор Алиқулов: "Чарчоқ ёки иссиқ ҳаво деган гаплар қуруқ баҳона. Ҳар бир учрашув ҳам ўхшайвермайди"  4 21:57Суперлига. "Қизилқум" сўнгги дақиқаларда гол уриб, "Нефтчи"ни ғалабадан маҳрум қилди  72 21:21ПроЛига. "Олимпик Мобиуз" "Олимпик" дарвозасига жавобсиз 4та гол урди ва пешқадамликни қўлига олди  1 20:55Суперлига. "Навбаҳор" ўз майдонида "Машъал"га жавобсиз 6 та тўп йўллади, Ғуломовда дубль, Жияновда 3 та ассист!  68

Quyoshli Osiyoning futboli g'alat (FR blogi) Yangiliklar

Quyoshli Osiyoning futboli g'alat (FR blogi)

Xalqimiz futbolsevar.

Biz yakkakurashlarda har qancha yutuqlarga erishmaylik, jahon reytinglarini boshqarmaylik — futbolga qiziquvchi auditoriya baribir salmoqli bo'lib qolmoqda. Ayniqsa, O'zbekiston milliy jamoasining o'yinlari vaqtida millionlab tomoshabinlar zangori ekran qarshisida hozir bo'lishadi. Yuzlab kilometr uzoqda to'p tepayotgan sevimli futbolchilari eshitadigandek baqirishadi, hayqirishadi, bazan kuyunib, bazida suyunib, hayajonlanishadi — muxlislik qilishadi. Xullas, 21-asrda futbol juda yirik hodisaga aylandi. Yuqorida aytganimizdek, muxlis uchun terma jamoaning har bir o'yini o'ziga xos voqelik, bayram. Bosh jamoamiz xalqaro maydonda o'ynasa, yurtimizning yuz minglab xonadonlaridagi kayfiyat o'sha 1,5 soatga bog'liq bo'lib qoladi.

Futbol muxlislar uchun o'ynaladi. Ishqibozlarsiz futbol — suvi yo'q ummon. Ammo, bazilar shu haqiqatni tan olgisi yo'q. Quyida shu haqda...

Xabaringiz bor, O'zbekiston milliy terma jamoasi 26 may kuni Turkmaniston bilan yopiq eshiklar ortida o'yin o'tkazdi. Bizga malum bo'lishicha, bu o'yin rejada bo'lmagan. Qo'shnilarimiz taklif bilan chiqishgach, biz tomon imkoniyatni qo'ldan chiqarmagan.

SHundan keyin 29 may kuni Avstraliya bilan Dubayda o'ynashimiz kerak edi, yana yopiq eshiklar ortida. O'FA matbuot xizmati xabariga ko'ra, bu uchrashuvni yopiq tarzda o'tkazish yashil qita vakillarining tashabbusi bo'lgan. Biroq, bu o'yin raqibning iltimosi bilan bekor qilindi...

Yangi raqib topildi — Tailand. Jin ursin, yana yopiq o'yin. Yana bir bor ishqibozlar o'zlari uchun o'ynalayotgan futboldan mahrum qilindi. Bu taklif qaysi tomondan chiqqani bilan qiziqib ko'rdik. Tailandliklar bosh murabbiyi Akira Nishino mamlakat futbol associaciyasi matbuot xizmatiga bergan intervyusida tashabbus ularniki emasdek gapirgan. Ammo mazkur jamoaning kecha (29 may) o'tkazilgan Tojikistonga qarshi o'yini ham shunday tartibda o'tkazildi. Demak, Nishino janoblari bo'lajak raqib — Indoneziyadan taktika yashiryapti.

Yuqorida o'z o'yinlarini yopiq eshiklar ortida o'tkazishni xohlayotgan Osiyoning 4 jamoasi (Turkmaniston, Tojikiston, Avstraliya va Tailand) haqida gapirdik. Aslida, biroz chuqurlashsak, ularning soni yana ham ortadi va aynan shu kishini ranjitadi. 

To'g'ri, oldinda qita miqyosidagi juda muhim o'yinlar kutib turibdi. Lekin, bunda muvaffaqiyat qozonish uchun o'yinlarni yopib, muxlislarni futbolsiz qoldirgandan raqibga qarshi yaxshiroq tayyorlanish, ko'proq mehnat qilish, ter to'kish, kuchayish kerakmasmi? Bu qo'rqoq "professional"lar qachon shuni tushunib etadi? 

Ruhiy holati joyida bo'lgan istalgan mutaxassis o'yinlarga taktikani raqibdan kelib chiqib (alohida) tanlaydi. Ammo, jonajon Osiyomiz futboli shunchalik g'alatiki, qo'rqoq murabbiylar bir xil taktikasini 2 o'yinda 3 ta raqibdan yashiradi. Nima ham deymiz, bu ketishda yaqin 500 yilda ham qitamizdan Gvardiola chiqmasa kerak...

Mana, shu nuqtada O'zbekistonning Tailandga qarshi o'yini yirik g'alaba bilan (4:1) yakunlandi. Bizni shunday chiroyli o'yindan mahrum qilgan Akira Nishinodan o'pkalash bilan birga xursand bo'lish uchun bitta asos topdik: Osiyo futbolining kuni shunday qo'rqoq "professional"larga qolgan bo'lsa-da, ularga rasmiy o'yinlarni yopiq tarzda o'tkazish huquqini bermagan. Aks holda, terma jamoalar o'yinini faqat 31 aprel kuni ko'rardik...

P.s.: O'yinni ko'rolmay asabiylashganlar bo'lsa, asablaringizni asrang. Yaxshisi, "Olamsport.com" saytida latofatli Liana Jojua haqidagi materialni o'qib, chalg'ing.

Muallif :
Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика