Quvondiq Ro'ziev bolajonlarga quvonch ulashdi
04 apr 2020 13:08
Yangiliklar
Quvondiq Ro'ziev bolajonlarga quvonch ulashdi
Respublikamiz bo'ylab koronavirus pandemiyasi tufayli karantin elon qilingan bir davrda ko'plab futbolchi hamda murabbiylar o'zlarining sahovatpeshaliklari bilan xalqimizning og'irini engil qilishmoqda.
"Qo'qon-1912" jamoasining etakchi futbolchilaridan biri Quvondiq Ro'ziev ham o'zi istiqomat qiladigan Termiz shahridagi 12-sonli bolalar uyiga o'zining amaliy yordamini ko'rsatdi. Quvondiq bolalar uyi tarbiyalanuvchilariga antiseptiklar, shaxsiy gigiena vositalari hamda futbol to'plarini sovg'a qildi.
Fikrlar