So’nggi yangiliklar

23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  0 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  6 22:00РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" "Факел" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  3 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  816 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7 17:50Доминикан Рес. - Испания. Асосий таркиблар эълон қилинди  17 17:13Магуайр: "МЮни яна муваффақиятли қилиш вақти келди"  4 17:03Эндрик таништирув маросимига 43 минг мухлис келди  1

Qurbon og'aning navbatdagi qurboni Yangiliklar

Qurbon og'aning navbatdagi qurboni

Taniqli murabbiy Qurbon Berdiev Anderlext­dek tajribali jamoani ECHL turniridan chiqarib yuborib, butun Evropani o'ziga qaratdi.

Ha, Qurbon Bekievich mohirona boshqaruv evaziga kamtarin Rostov Bryusseldan ishonchli (2:0) g'alaba bilan qaytdi va nufuzli turnirning pley-off bosqichiga yo'l oldi. Ana shu xalqaro muvaffaqiyat Berdievning hozirgacha Rubin bilan qayd etgan tarixiy g'alabalarini yodga olishimizga turtki bo'ldi.

ECHL - 2009|2010, Barselona (2:1 mehmonda)

Barselonadek grandni Kamp Nouda mahv etish shubhasiz, Qurbon og'aning xalqaro arenadagi eng yirik yutug'i. O'zi uchun ECHLdagi debyut mavsumning guruh bos­qichi ikkinchi turida Rubin sovrinning amaldagi sohibini mag'lubiyatga uchratdi. Uchrashuvning 2-daqiqasida Aleksandr Ryazancevning olis masofadan yo'llagan fantastik zarbasi qarshisida Viktor Valdesdek tajribali posbon ojiz qolgandi. 2- bo'limning ilk daqiqalarida Zlatan Ibragimovich muvozanatni tikladi. Biroq  Berdiev jamoasi tushkunlikka tushmadi. Aksincha, qulay fursatni kutib, hushyorlik bilan himoyalandi. Nihoyat qarshi hujum tufayli qulay vaziyatga chiqqan Ko'kdeniz Qoradenizning aniq zarbasi o'yin taqdirini hal qildi. Qozonliklar o'z uylarida ham Kataloniya grandiga imkoniyatni boy berishmadi. Lekin o'sha tarixiy g'alaba yagonaligicha qoldi va Rubin guruhdan chiqolmadi.

ECHL - 2011|2012, Dinamo K. (2:0 meh.), (2:1 uyda)


Ikki yildan keyin Qurbon Bekievich shogirdlari nufuzli turnirning guruh bosqichiga saralash bellashuvlari orqali yo'l olishdi. 3-raundda Rubin Kievning Dinamosiga duch keldi. Ukraina poytaxtidagi bahsda yana qozonliklarning tezkor goli hal qiluvchi rol o'ynadi. 6-daqiqada Alan Kasaev Kristian Noboaning uzatmasini golga aylantirdi. SHundan keyin mezbonlar hujumga zo'r berishdi va ularni qaytarish mehmonlarga oson bo'lmadi. 2-bo'limning o'rtalarida esa tezkor qarshi hujum evaziga Rubin 11-metrlik jarima zarbasi ishlab oldi. Bibras Natxo sovuqqonlik uni golga aylantirdi. Oqibatda, maydon egalari mag'lubiyatni tan olishdi. Javob uchrashuvi Qurbon og'a va uning shogirdlari uchun ancha oson kechdi. Vladimir Dyadyun va Aleksey Medvedevning gollari yo'llanma taqdirini amalda hal qilib bo'lgandi.

EL - 2012|2013, Tottenxem (1:0 uyda)

O'sha mavsum ECHLning hal qiluvchi pley-off bosqichida Rubin Lionga imkoniyatni boy berib, ELda ishtirok etadigan bo'ldi. Ana shu musobaqada Evropaning yana bir taniqli jamoasi Qurbon og'aning qurboniga aylandi. To'g'ri, taqachilar Qozonga guruh etakchisi sifatida tashrif buyurishgan, avvalgi turda aynan Rubinni Londonda kichik hisob bilan mag'lub etishgandi. Javob uchrashuvida Natxoning yagona goli mezbonlarga g'alaba keltirdi. Ochig'i, turnirga ortiqcha qiziqishsiz yondoshgan Tottenxem tarkibi ancha kuchsiz edi. Boz ustiga, jamoa nafaqat Rubinni, balki Greciyaning PAOKini ham oldinga o'tkazib yuborib, musobaqadan chiqib ketgandi.

EL - 2012|2013 Inter (3:0 uyda)

Aynan shu mavsumda Berdiev xalqaro musobaqada jamoani ancha muvaffaqiyatli to'p surishiga imkon yaratib berdi. Guruh bosqichida ular Inter bilan birgalikda Partizan va Neftchidan ilgarilab ketishdi va ortiqcha qiyinchiliklarsiz 1|16 final yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.

Bu jamoalar o'zaro qarama-qarshiligi Milandagi nursiz durang bilan boshlangandi. Qozondagi javob uchrashuvi mezbonlarning faolligi bilan boshlanib, Qoradeniz 2-daqiqadayoq hisobni ochdi. Salomon Rondon esa tanaffusga chiqish arafasida hisobdagi farqni oshirdi. 2-bo'limda yana Rondon gol urib, nomdor raqibni yirik hisobdagi mag'lubiyatini taminladi.

EL - 2012|2013, Atletiko (2:0 mehmonda)

Mazkur bosqichda Rubin ko'pchilikni hayratda qoldirgan holda Atletikodan Madrida ustun keldi. Xuddi bir paytlar Barselonani tiz cho'ktirganidek. Darhaqiqat, Radamel Falkaodek mashhur hujumichiga ega bo'lgan Diego Simeone jamoasi Rossiyaning kamtarin jamoasini osonlikcha engishi aniqdek edi. Biroq hindular Qurbon Bekievich o'ta yopishqoq himoya chizig'iga qarshi hech narsa qilolmadilar. Qolaversa, tezkor qarshi hujum hadisini olgan Rubin ananaga amal qilgan holda 6-daqiqadayoq hisobni ochdi. Bo'lim yakunlanishi arafasida Roman SHaronov maydondan chetlatilib, mezbonlar ozchilik bo'lib qolishdi. Biroq o'yin faqat Berdiev scenariysi ostida o'tdi. Nihoyat 2-bo'limning oxirida ispaniyalik Pablo Orbis Atletikoning bo'sh qolgan darvozasiga ikkinchi golni yo'llash bilan vatandoshlariga salom yo'lladi. Moskvadagi takroriy uchrashuv kuchli izg'irin ostida o'tgani bois, madridliklar arang bita gol urishdi. SHu tariqa Rubin musobaqani davom ettiradigan bo'ldi.

EL - 2012|2013, CHelsi (3:2 uyda)

Turnirning nimchorak finalida Ispaniyaning yana bir vakili Levante Berdiev jamoasi tomonidan nokautga uchratildi. To'g'ri, nomdor jamoa emas, lekin o'ziga yarasha izzattalab klub. Xullas, chorak finalda og'a shogirdlari sovrinning bo'lajak sohibi - CHelsi bilan kuch sinashishdi. Londonda qayd etilgan (1:3) mag'lubiyat Rubinning yarim finalga chiqish imkoniyatini pasaytirib yuborgandi. Qo'shimchasiga, jamoa ko'klarni o'z uyida emas, Moskvada qabul qilgandi. Fernando Torresning 5-daqiqadagi goli tanaffusga qadar mehmonlar ustunligini taminladi. 2-bo'lim boshida Ivan Markano javob to'pini kiritdi. Ammo tez orada Rubin yana o'z darvozasidan to'p olib chiqqach, ko'klar-ning g'alabasi aniqdek edi. SHunga qaramay, qozonliklar olg'a tashlanishdi. Natijada Qoradeniz va Natxoning aniq zarbalaridan keyin umumiy g'alabaga umid uyg'ondi. Buning uchun jamoa qolgan 20 daqiqa ichida yana 2 marta CHelsi darvozasini zabt etishlari talab etilardi. Biroq futbolchilar bu vazifani uddalay olishmay, musobaqadan chiqib ketishdi. Qurbon Berdiev esa nomdor jamoalar ustidan qozonilgan g'alabalar sonini yana bittaga oshirib oldi.

ECHL - 2016|2017, Anderlext (2:0 meh.)

3 avgust oqshomi futbol muxlislari Bekievichning Rubin klubi yordamisiz qayd etilgan dastlabki xalqaro muvaffaqiyatning shohidi bo'lishdi. Albatta, kamtarin Rostov nufuzli turnir debyutanti hisoblanib, saralash borsqichidan nariga o'tolmasligi taxmin qilingandi. Axir tarkib jihatidan ham, moliyaviy imkoniyatlar borasida ham rostovliklar o'sha oltin Rubinga tenglasha olmasliklari oydek ravshan edi. Bundan tashqarii, Anderlext bilan kechgan dastlabki bellashuv ham xavotirning bejiz emasligini isbotlagandi - o'z uyida Rostov ikki marta hisobda ortda qolayotgan va mag'lubiyatga yaqin turgandi. Oxir-oqibat, o'sha bellashuv 2:2 hisobidagi jangovor durang bilan yakunlangandi.

Tabiiyki, safardagi sermahsul durang Belgiya grandining ustunligini taminlar, hatto kichikroq hisobdagi durang ham mezbonlarni qanoatlantirardi. Biroq Bryusseldagi javob uchrashuvida Qurbon og'a shogirdlari Rossiya chempionatidagi o'yin uslubini talab qildi. Natijada mezbonlar o'yin tezligini yo'qotib qo'yishdi, tashabbus mehmonlar tomoniga o'tdi. Takidlash joiz, o'z vaqtida Sesar Navas bilan hamkorlikda Kamp Nouni zir titratgan Kristian Noboa Bryusseldagi bahsning asosiy qahramonlaridan biri bo'ldi: ekvadorlik futbolchi avvaliga olis masofadan kuchli zarba yo'llash orqali hisobni ochdi. Keyin Rostovning ikkinchi goli bilan yakunlangan ajoyib kombinaciyada ham faollik ko'rsatdi. Xullas, nafaqat belgiyaliklarni, balki ko'pchilik boshqa muxlislarni lol qoldirgan Rossiya vice-chempioni va uning o'ta mug'ombir murabbiyi endi Gollandiyaning Ayaks klubi bilan guruh bosqichi yo'llanmasi uchun duelga chiqishi lozim edi. Biroq Qunbon Berdiev Rostovni tark etdi. Taxminlarga ko'ra u Spartakni boshqaradi.

Sodiq SOBIR tayyorladi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика